Stiven Soderbergh (, 1963-yil 14-yanvarda Atlantada tugʻilgan) — amerikalik kinorejissyor, prodyuser, ssenariynavis, operator va montajchi. U zamonaviy mustaqil kinoning eng taniqli namoyandalaridan biri hisoblanadi. Keyinchalik esa yirik studiyalarda ham oʻzining yangilikka boy, innovatsion loyihalarini muvaffaqiyatli suratga olgan. Uning filmlari butun dunyoda 2,2 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan, „Oscar“ mukofotiga 14 marta nomzod boʻlgan va beshtasini qoʻlga kiritgan.
Soderbergh 26 yoshida „Seks, yolgʻonlar va videotasma“ filmi bilan Cannes kinofestivalining „Oltin palma novdasi“ mukofotini olgan eng yosh yakka rejissyor boʻlgan. 2000-yilgi „Tirbandlik“ filmi uchun eng yaxshi rejissyor deb topilib, „Oscar“ mukofotini olgan.
Biografiyasi
Soderbergh Atlantada universitet maʼmuri va oʻqituvchisi Piter Endryu Soderbergh va Meri Enn oilasida tugʻilgan. Uning kelib chiqishi shved, irland va italyan ildizlariga ega. Bolaligida oilasi Virjiniya shtatining Charlottesville shahriga, keyinroq Luiziana shtatining Baton-Ruj shahriga koʻchgan, u yerda otasi Luiziana shtat universitetida pedagogika fakulteti dekani boʻlgan. Soderbergh oʻsmirligida Super 8 va 16 mm kameralarida qisqa metrajli filmlar suratga ola boshlagan. Maktabni tugatgach, kino sohasidagi faoliyatini davom ettirish uchun Gollivudga koʻchib, dastlab teleoʻyinlarda hisob-kitobchi boʻlib ishlagan, soʻng mustaqil montajchi boʻlgan. 1985-yilda „Yes“ rok guruhi uchun „9012Live“ konsert videosini suratga oldi va ushbu ijodiy ishi uchun „Grammy“ mukofotiga nomzod qilib koʻrsatildi.
Soderbergh 1989-yilda aktrisa Betsy Brantleyga uylangan, 2003-yilda Jules Asner bilan turmush turmush qurgan.
Kino faoliyati
Soderbergh 1989-yilda „Seks, yolgʻonlar va videotasma“ (Sex, Lies, and Videotape) mustaqil dramasi bilan rejissyor sifatida debyut qilgan. Ssenariyni mamlakat boʻylab sakkiz kunlik avtomobil safari davomida yozgan. Film 1989-yilgi Cannes kinofestivalida „Oltin palma novdasi“ mukofotini qoʻlga kiritdi hamda 1990-yillardagi mustaqil kino harakatining vujudga kelishida muhim turtki boʻldi. Biroq keyingi beshta filmi, jumladan „Kafka“ (1991) va „Tepalik qiroli“ (1993), tijoriy jihatdan muvaffaqiyatsiz boʻlgan, tanqidchilar ularni turlicha baholagan. 1998-yilda u George Clooney va Jennifer Lopez ishtirokidagi, oʻziga xos uslubga ega boʻlgan „Koʻzdan uzoq“ (Out of Sight) kriminal komediyasi bilan ekranlarga qaytdi. 2000-yilda ikkita film — Julia Roberts bosh rolni oʻynagan „Erin Brokovich“ va narkotiklar savdosi haqidagi koʻp qahramonli drama „Tirbandlik“ni suratga olgan.
Ikkala film ham 2001-yilgi 73-"Oscar" mukofotining „Eng yaxshi rejissyor“ nominatsiyasiga loyiq koʻrilgan, yakunda u mukofotni „Tirbandlik“ (Traffic) filmi uchun qoʻlga kiritgan.. 2001-yildagi „Okeanning oʻn bir doʻsti“ (Oceanʼs Eleven) filmi tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan hamda „Rolling Stone“ jurnalining eʼtirof etishicha, oʻgʻrilik haqidagi filmlar janrida yangi davrni boshlab berdi. „Okeanning oʻn ikki doʻsti“ (2004) va „Okeanning oʻn uch doʻsti“ (2007) davomlari bilan „Okean trilogiyasi“ shakllangan. Soderbergh 2008-yilda Benicio del Toro ishtirokidagi „Che“ epik filmini, 2009-yilda „Xabarchi“, 2011-yilda pandemiya haqidagi „Yuqish“ trillerini suratga olgan, 2012-yilda esa Channing Tatum ishtirokida „Sehrli Mayk“ filmini suratga olgan.
2012–2013-yillarga kelib, Soderbergh toʻliq metrajli badiiy filmlar suratga olishni toʻxtatdi, ammo televideniyeda ishlashni davom ettirgan, „Qandil ortida“ (HBO, 2013) filmini va The Knick (Cinemax, 2014) serialining dastlabki ikki mavsumini suratga olgan. U 2016-yil fevralida katta kinoga qaytishini rasman maʼlum qilib, 2017-yilda „Loganning omadi“ (Logan Lucky) kriminal komediyasini ommaga taqdim etdi. „Aqldan ozgan“ (2018) trillerini butunlay iPhone kamerasida, „Baland uchuvchi qush“ (2019) dramasini esa iPhone 8da suratga olgan. Keyingi asarlari orasida „Kir yuvish xonasi“ (2019), „Hamma gaplashsin“ (2020), „Keskin harakat qilmang“ (2021), „Kimi“ (2022), „Sehrli Mayk: oxirgi raqs“ (2023), „Mavjudlik“ (2024) va „Qora xalta“ (2025) filmlari bor.
Soderbergh oʻz filmlarida koʻpincha operator va montajchi sifatida ham faoliyat yuritadi. Ushbu vazifalar uchun u ota-onasining ismlaridan tarkib topgan Peter Andrews va Mary Ann Bernard taxalluslaridan foydalanadi.
Filmografiyasi
Badiiy filmlari
Yil Film nomi Asl nomi Distribyutor 1989 „Seks, yolgʻonlar va videotasma“ Sex, Lies, and Videotape Miramax Films 1991 „Kafka“ Kafka Miramax Films 1993 „Tepalik qiroli“ King of the Hill Gramercy Pictures 1995 „Yer osti“ The Underneath Gramercy Pictures 1996 „Shizopolis“ Schizopolis Northern Arts 1996 „Greyning anatomiyasi“ Gray’s Anatomy IFC Films 1998 „Koʻzdan uzoq“ Out of Sight Universal Pictures 1999 „Britaniyalik“ The Limey Artisan Entertainment 2000 „Erin Brokovich“ Erin Brockovich Universal Pictures / Columbia Pictures 2000 „Tirbandlik“ Traffic USA Films / Initial Entertainment Group 2001 „Okeanning oʻn bir doʻsti“ Oceanʼs Eleven Warner Bros. Pictures 2002 „Ful Frontal“ Full Frontal Miramax Films 2002 „Solaris“ Solaris 20th Century Fox 2004 „Okeanning oʻn ikki doʻsti“ Oceanʼs Twelve Warner Bros. Pictures 2005 „Pufak“ Bubble Magnolia Pictures 2006 „Yaxshi nemis“ The Good German Warner Bros. Pictures 2007 „Okeanning oʻn uch doʻsti“ Oceanʼs Thirteen Warner Bros. Pictures 2008 „Che“ (ikki qismli) Che: Part One, Che: Part Two IFC Films / Wild Bunch 2009 „Hamrohlik xizmati“ The Girlfriend Experience Magnolia Pictures 2009 „Xabarchi“ The Informant! Warner Bros. Pictures 2011 „Yuqish“ Contagion Warner Bros. Pictures 2011 „Nazoratdan chiqish“ Haywire Relativity Media 2012 „Sehrli Mayk“ Magic Mike Warner Bros. Pictures / FilmNation Entertainment 2013 „Nojoʻya taʼsirlar“ Side Effects Open Road Films / FilmNation Entertainment 2013 „Qandil ortida“ Behind the Candelabra HBO Films 2017 „Omadli Logan“ Logan Lucky Fingerprint Releasing / Bleecker Street 2018 „Aqldan ozgan“ Unsane Fingerprint Releasing / Bleecker Street / 20th Century Fox 2019 „Baland uchuvchi qush“ High Flying Bird Netflix 2019 „Kir yuvish xonasi“ The Laundromat Netflix 2020 „Hamma gaplashsin“ Let Them All Talk Warner Bros. Pictures / HBO Max 2021 „Keskin harakat qilmang“ No Sudden Move Warner Bros. Pictures / HBO Max 2022 „Kimi“ Kimi Warner Bros. Pictures / HBO Max 2023 „Sehrli Mayk: oxirgi raqs“ Magic Mikeʼs Last Dance Warner Bros. Pictures 2024 „Mavjudlik“ Presence Neon 2025 „Qora xalta“ Black Bag Focus Features / Universal Pictures 2025 „Kristoferlar“ The Christophers Neon
Manbalar
Havolalar
Stiven Soderberg — Britannica entsiklopediyasida
Turkum:14-yanvarda tugʻilganlar
Turkum:1963-yilda tugʻilganlar
Turkum:Amerikalik kinorejissyorlar Turkum:Amerikalik erkak ssenaristlar Turkum:Yashayotgan insonlar