Shokir ogʻa maqbarasi () — XV asrga oid tarixiy yodgorlik. Ozarbayjonning Boku shahri Balaxanı qishlogʻida joylashgan.
Tarixi Shokir ogʻa maqbarasi Balaxani qabristonida joylashgan boʻlib, 1427–1428-yillarda qurilgan. 1385–1386-yillarda qurilgan Hoji Shahlo masjididan 6 metr uzoqlikda joylashgan. Yodgorlik haqida maʼlumotlar cheklangan. Bir vaqtlar sovet hokimiyati tomonidan diniy yodgorlik sifatida vayron qilingan.
1976-yilda olib borilgan qazishmalar davomida maqbara poydevoridan oltin topilgan. Oʻsha davrda yodgorliklarni kelajakda taʼmirlash uchun ularning poydevoriga oltin bilan toʻldirilgan katta sopol koʻzalar koʻmilgan. Topilgan oltinning ozgina qismidan maqbarani taʼmirlashda foydalanilgan.
Ravoq shaklidagi kirish eshigi ustida arab tilida ikki qatorli bitik mavjud:
Boshqa bir manbaga koʻra, Shokir ogʻa maqbarasi 1427-yilda Shirvon hukmdori Ibrohim I Darbandiyning vaziri tomonidan oʻgʻlining xotirasiga bagʻishlab qurilgan. Mazkur manbada inshoot qasr deb ham ataladi.
Meʼmoriy xususiyatlari Maqbara zalining ustki qismi gumbaz bilan qoplangan. Yodgorlik Absheron meʼmorchiligiga xos oq toshdan qurilgan.
Maqbara tarhi xochsimon shaklda ishlangan. Absheron yarim orolida ichki tuzilishi xochsimon shaklga ega boʻlgan boshqa meʼmoriy yodgorliklar ham mavjud. Ular jumlasiga Nardarandagi Xon bogʻi ayvoni va Shirvonshohlar saroyi majmuasidagi maqbara kiradi. Biroq Shokir ogʻa maqbarasi Ozarbayjonda ichki va tashqi tuzilishi birdek xochsimon shaklda boʻlgan yagona yodgorlik hisoblanadi.
Maqbaraga shimoliy tomondagi portal orqali kiriladi. Maqbaraning ichki devorlarida oʻlchamlari turlicha boʻlgan sakkizta toʻrtburchak tokcha mavjud.
Yana qarang Hoji Shahlo masjidi
Manbalar
Turkum:Ozarbayjonda islom meʼmorchiligi Turkum:Ozarbayjondagi maqbaralar Turkum:Ozarbayjonda 15-asr meʼmorchiligi Turkum:Bokudagi diqqatga sazovor joylar Turkum:Islomiy maqbaralar