Abu Bakr Muhammad ibn al-Valid at-Turtushiy () (1059-yilda tug‘ilgan; milodiy 1126-yilda vafot etgan; hijriy 451-yil — hijriy 520-yil; ko‘proq Abu Bakr at-Turtushiy yoki shunchaki at-Turtushiy nomi bilan tanilgan) — XII asrning eng nufuzli andalusiy siyosiy faylasuflaridan biri. Uning Kitob Siroj al-Muluk (Podshohlar chirog‘i) asari o‘rta asrlar islom olamida yaratilgan siyosiy nazariyaga oid eng muhim ishlardan biri bo‘lgan. At-Turtushiy, shuningdek, Molikiy mazhabida yetuk faqih ham edi.

Hayoti Abu Bakr milodiy 1059-yilda Al-Andalusning shimoliy mintaqasidagi Ebro deltasidagida Tortosa shahrida tug‘ilgan; bu davrda mintaqa tobora parchalangan bo‘lib, turli taifa qirolliklariga bo‘lingan edi. U dastlab Saragosaga sayohat qilib, mashhur olim va shoir Abu al-Valid al-Bajiydan ta’lim oldi. Ispaniyada bo‘lgan paytida u andalusiy qomusiy olim Ibn Hazmning falsafiy va siyosiy risolalari bilan ham tanishgan.

U ilm talabida safar qilib, musulmon olamining turli hududlaridagi olimlardan tahsil olishga intilgan va sharqda hatto Bagʻdodgacha borgan. Yo‘l-yo‘lakay u Damashq, Halab, Qohira va Iskandariyada ham to‘xtagan. Alaloqibat Fotimiylar davridagi Iskandariyada muqim yashab qolib, u yerda madrasada dars bergan. At-Turtushiy Misrdagi Fotimiylar sulolasining ismoiliy mafkurasiga qat’iy qarshi chiqqan. Shuningdek, u al-Andalusning al-Murobit hukmdori Yusuf ibn Tashfin uchun fatvo chiqarib, unga Ispaniyaga bostirib kirish va bo‘linib ketgan Taifa qirolliklarini ag‘darishga ruxsat bergan. Uning eng mashhur asari Siroj al-Muluk (سراج الملوك) (Podshohlar chirog‘i) bo‘lib, u siyosiy nazariyaga oid muhim risola hisoblanadiAbu Bakr al-Turtushi’s “Siraj al-Muluk”: A Masterpiece of Andalusi Political Philosophy .

Yana qarang

Ash'ariylar va Moturidiylar ro'yxati

Manbalar

Havolalar Tartushiy

Turkum:1126-yilda vafot etganlar Turkum:1059-yilda tugʻilganlar Turkum:Ash’ariylar Turkum:Ispaniya musulmonlari Turkum:Al-Andalusdan Molikiy olimlar Turkum:11-asr islom faylasuflari Turkum:Arab siyosiy faylasuflari Turkum:11-asr faqihlari Turkum:12-asr faqihlari Turkum:Al-Andaluslik 11-asr faylasuflari Turkum:Al-Andaluslik 12-asr faylasuflari