Tolib To‘xtasinov (taxallusi — Tolib Musofir; 2000-yil 12-martda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tug‘ilgan) — o‘zbekistonlik xonanda. Uning ijodida xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlar hayoti, sog‘inch va kundalik turmush mavzulari aks etadi.

Biografiyasi Tolib Toʻxtasinov 2000-yil 12-martda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tugʻilgan. U Rossiyada mehnat migranti sifatida ishlab yurgan kezlarida oʻz ijodini boshlagan. Musofirlarning kundalik hayoti, sogʻinch va qiyinchiliklarini oʻz qoʻshiqlarida samimiy aks ettirgani uchun xalq orasida "Tolib Musofir" nomi bilan tanilgan.

2015-yilda Ozarbayjon davlati Boku shahrida oʻtkazilgan Xalqaro Mugʻam festivalida 2-oʻrin sohibi boʻlgan. 2024-yilda Zoʻr TV telekanalining "Artist" loyihasi ishtirokchisi boʻlgan.

Ijodi Tolib Musofir oʻzining bir qator taronalari va kliplari bilan e'tirof qozongan:

"Musofir bolasi" "Hop-hop" "Aytaman" "Sanam" "Oshiqlar" (Ozoda Nursaidova bilan duet)

Tolib Musofirning ilk konsert dasturi 2026-yilning 19-sentabr kuni „Xalqlar Doʻstligi“ saroyida boʻlib oʻtgan.

Manbalar

Tolib Musofir - Musofir bolasi