Suvayish kanali universiteti (arabcha: جامعة قناة السويس) — Misrdagi Suvaysh kanali mintaqasiga xizmat koʻrsatuvchi yirik davlat universiteti. Universitet fakultetlari Suvaysh kanali boʻylab joylashgan uchta muhofazaga (Port Said, Ismoiliya va Suvaysh) tarqalgan. 1974-yilda tashkil etilgan boʻlib, oʻzining nostandart va amaliy tadqiqotlari bilan tanilgan.
Universitet tarkibida jami 48 ta fakultet mavjud boʻlib, shundan 16 tasi Ismoiliya, 13 tasi Port Said, 10 tasi Suvaysh va 9 tasi Al-Arish shahrida joylashganList of faculties . Talabalarning umumiy soni 21 325 nafardan oshadiNumber of students .
Mutaxassisliklar va markazlar Universitetda ilmiy tadqiqotlar, taʼlim va jamiyatni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan 53 ga yaqin maxsus boʻlinmalar mavjudspecial units . Shuningdek, quyidagi markazlar faoliyat yuritadi:
Masofaviy taʼlim markazi — oʻrta maktab yoki texnik diplom tamomlagan va oʻzining taʼlim hamda madaniy darajasini oshirib, bakalavr darajasini olishni istaganlar uchun uzluksiz taʼlim olish imkoniyatini taqdim etadi . Universitet kasalxonasi — Misr aholisiga yuqori texnologiyalar asosida tibbiy xizmat koʻrsatuvchi akkreditatsiyalashgan muassasa. Texnologiya markazi — universitetning taʼlim tizimlari va oʻquv dasturlari haqida axborot beruvchi axborot-kommunikatsiya markazi.
Manbalar
Havolalar
Masofaviy taʼlim markazi Turkum:Misr universitetlari Turkum:Misrda taʼlim