Suvaysh porti (yoki Port Tavfiq) — Misrning Suvaysh shahri va Suvaysh kanaliga xizmat koʻrsatuvchi, Qizil dengizdagi Suvaysh koʻrfazining shimoliy chekkasida va Suvaysh kanalining janubiy kirish qismida joylashgan port. Port Misr Transport vazirligining Qizil dengiz portlari bosh boshqarmasiga tegishli va u tomonidan boshqariladi. Shuningdek, bu yerda Suvaysh kanali boshqarmasi (SCA) kema verflari joylashgan.
Tarixi Dastlab oʻsha paytdagi hukmdor Xdiv Tavfiq sharafiga Port Tavfiq deb nomlangan ushbu port 1867-yilda Suvaysh kanali kompaniyasi tomonidan qurilgan. Port kompanining Suvaysh shahri chekkasidagi xususiy shaharchasining bir qismi boʻlgan. U oʻz ichiga kompaniya filiali hamda frantsuz memorlari va pudratchilari tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan Yevropa rahbariyati va misrlik ishchilar uchun alohida turar-joylarni olgan. Port Tavfiq kompaniya tomonidan Port Said va Ismoiliyadan keyin kanal boʻyida qurilgan uchinchi port shaharchasi boʻldi.
Geografiyasi thumb|Suvaysh kanali janubiy chekkasidagi port va shaharning kosmosdan koʻrinishi
Damlalar (toʻlqintosarlar) bilan oʻralgan sunʼiy Al-Mira—Al-Jedda qoʻltigʻi quyidagi qismlarni oʻz ichiga oladi: Port Tavfiq: Suvaysh kanaliga kirish qismining gʻarbida joylashgan. U yopiq Ibrohim dokidan foydalanadi. Neft doki: Suvaysh portining sharqiy tomonida joylashgan. Ataka baliqchilik porti: Chegaralari port toʻlqintosarlari bilan cheklangan.
Ibrohim doki, Neft doki, Ataka porti, Adabiya porti va Yangi neft prichali chegaralaridan tashqaridagi suv havzalari Suvaysh kanali boshqarmasi yurisdiksiyasiga kiradi.
Yana qarang Suvaysh Suvaysh kanali
Manbalar
Turkum:Suvaysh muhofazasi