Christina Schwab (qizlik familiyasi: Ripp) (1980-yil 31-iyulda tugʻilgan) — amerikalik Paralimpiyada basketbolchisi hamda uzoq masofaga yugurish poygachisi. Hozirda AQSh ayollar milliy nogironlar aravachasidagi basketbol terma jamoasi bosh murabbiyi.

Oʻyinchi faoliyati Schwab Paralimpiya oʻyinlarida qatnashishni 2000-yilda boshlagan hamda 2000-yilgi Yozgi Paralimpiya o'yinlarida 5-oʻrinni egallagan. Toʻrt yil oʻtib, u Afina shahrida nogironlar aravachasidagi basketbol boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2008-yilda esa Pekin shahrida oʻzining ikkinchi oltin medaliga sazovor boʻlgan. Schwab, shuningdek, Xalqaro nogironlar aravachasidagi basketbol federatsiyasi kubogida oltin medal bilan taqdirlangan. Yengil atletika musobaqalarida esa bronza medalini qoʻlga kiritgan. Sportchi 2002-yildan 2004-yilgacha boʻlgan davrda Milliy chempionatlarda birinchi oʻrinni egallab kelgan. 2006-yilda Christina IWBF Oltin kubogida kumush medalni va IPC Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. U, shuningdek, 2003-yilgi Boston marafonida birinchi oʻrinni egallagan hamda besh yil oʻtib Shimoliy Amerika kubogida ham xuddi shunday natijani qayd etgan.

Murabbiylik faoliyati 2021-yil 13-dekabrda Christina AQSh ayollar nogironlar aravachasidagi basketbol terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Shaxsiy hayoti 2005-yil dekabr oyida Schwab Illinoys universitetida jamoat salomatligi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shundan soʻng Schwab Kolorado shtatiga koʻchib oʻtgan va ayollar nogironlar aravachasidagi basketbol jamoasi boʻlmish „Denver Rolling Nuggets“ jamoasini tashkil qilishga yordam bergan. 2011-yilda u CJ Schwab bilan turmush qurgan hamda ular Edgerton (Wisconsin) shahrida istiqomat qilishadi. Hozirda Schwab Wisconsin-Whitewater universitetida ayollar nogironlar aravachasidagi basketbol jamoasiga murabbiylik qilish bilan birga magistrlik darajasini olish ustida ishlamoqda.

Manbalar