FC Dinamo Mahachqalʼa () — Mahachqalʼa shahrida joylashgan va Rossiya Premyer-ligasida ishtirok etadigan Rossiya professional futbol klubi.
Tarix
Klub 1927-yilda tashkil etilgan va Sovet 3-guruhining Shimoliy Kavkaz zonasida debyut qilgan va sakkizta jamoa orasida yettinchi oʻrinni egallagan. Shundan soʻng, „Dinamo“ 1958-yilgacha Sovet ligasida ishtirok etmagan. 1958-yilgi mavsumda klub B toifadagi ligaga qabul qilingan. 1958—1960-yillarda jamoa Temp nomi bilan tanilgan. 1967-yilda „Dinamo“ B toifasi gʻolibi boʻlgan va A toifaning 2-guruhiga koʻtarilgan. 1971-yilda liga qayta tashkil etilgandan soʻng, Mahachqalʼaning „Dinamo“si Ikkinchi ligada oʻynagan. „Dinamo“ning ligadagi eng yaxshi yutugʻi 1975-yilda oʻz zonasida birinchi oʻrinni va liga finalida oltinchi oʻrinni egallagani boʻlgan.
Dinamo Mahachqalʼa 1993-yilda Rossiya Ikkinchi ligasiga kirgan va 1994-yilgi mavsumdan soʻng uchinchi ligaga oʻtgan. 1996—1997-yillarda jamoa „Dinamo-Imomat“ nomi bilan tanilgan. 1998-yilda, liga islohotidan soʻng, „Dinamo“ Ikkinchi divizionga oʻtgan va u yerda 2003-yilda Janubiy zonada gʻalaba qozongunga qadar qolgan. Dinamo 2004-yildan 2006-yilgacha Birinchi divizionda oʻynagan.
2006-yilgi mavsumda „Dinamo“ Rossiya birinchi divizionida 16-oʻrinni egallagan. Biroq, klub professional litsenziyadan mahrum boʻlgan va shu tariqa havaskorlar darajasiga tushib ketgan.
2021–22-yilgi mavsum oldidan „Mahachqalʼa“ sifatida oʻynagan jamoa nomi Mahachqalʼa „Dinamo“ deb oʻzgartirilggan. 2022-yil 30-may kuni „Dinamo“ Rossiya Birinchi ligasiga koʻtarilgan.
2024-yilning 20-mayida „Dinamo“ klubi oʻz tarixida ilk bor Rossiya Premyer-ligasiga yoʻllanma olgan.
2025–26-yilgi mavsumda „Dinamo“ quyi ligaga tushib ketmaslik uchun pley-off bosqichida ishtirok etib, „Ural Yekaterinburg“ jamoasini umumiy hisobda 3:0 hisobida magʻlub etgan va Premyer-ligadagi oʻrnini saqlab qolgan.
Jamoa aʼzosi Hazem Mastouri 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida Tunis sharafini himoya qilish uchun tanlab olingan.
Futbolchilar
Joriy tarkib 2026-yil 28-avgust holatiga koʻra: Rossiya Premer-ligasi saytida.
Shartnomasi mavjud boshqa oʻyinchilar
Ijaraga berilgan futbolchilar
Farm jamoasi
Mashxur futbolchilar Oʻz mamlakatlari terma jamoasi safida xalqaro maydonga tushgan. Ismlari qalin yozuvda koʻrsatilgan futbolchilar „Dinamo“da oʻynagan paytlarida oʻz mamlakatlari sharafini himoya qilishgan.
Houssem Eddine Mrezigue Ibragim Gasanbekov Narvik Sırxayev Kirill Zinovich Mark Švets Jemal Tabidze Mohammad Javad Hosseinnejad Victorien Angban Valentin Paltsev Vladimir Kovačević Ruslan Agalarov
Manbalar
Havolalar Official website (archived 6 January 2007) Another Dynamo website Official Telegram Channel Club history at KLISF.info
Turkum:Rossiya futbol klublari Turkum:Mahachqalʼada sport Turkum:Dinamo sport jamiyati Turkum:1927-yilda tashkil etilgan futbol klublari