Carlos Noom Quomah Baleba (2004-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — kamerunlik professional futbolchi. Carlos Premyer-liganing „Manchester United“ klubi va Kamerun milliy terma jamoasida markaziy yoki tayanch yarim himoyachisi sifatida toʻp suradi.
Baleba 2022-yil yanvar oyida Fransiyaning „Lille“ klubi safiga qoʻshilgan. 2023-yil avgustda „Brighton & Hove Albion“ jamoasiga oʻtguniga qadar klubning asosiy tarkibida 23 ta oʻyinda maydonga tushgan. U uch mavsum davomida „Brighton“ safida 112 ta oʻyin oʻtkazib, 2024–25-yilgi mavsumda klubning „Eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ sovrinini qoʻlga kiritgan. 2026-yil avgust oyida esa „Manchester United“ bilan shartnoma imzolagan.
Baleba Kamerun terma jamoasidagi debyutini 2024-yil iyun oyida oʻtkazgan. U 2025-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Kamerun sharafini himoya qilgan.
Ilk yillari Carlos Noom Quomah Baleba 2004-yil 3-yanvarda Kamerunning Duala shahrida kamerunlik-fransuz oilasida tugʻilgan. Baleba ota-onasi orqali ham Kamerun, ham Fransiya fuqaroligiga ega. Uning otasi Janubiy Afrika va Kamerunda toʻp surgan sobiq professional futbolchi hisoblanadi. U Akva mahallasida ulgʻaygan va Bassa elatiga mansub. Baleba futbolchilik faoliyatini Dualadagi „Futur Soccer FC“da boshlab, keyin 13 yoshida „École de Football des Brasseries du Cameroun“ futbol akademiyasiga qoʻshilgan.
Klublardagi faoliyati Manchester United 2026-yil 25-avgust kuni Baleba „Manchester United“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Xabarlarga koʻra, transfer narxi qoʻshimcha bonuslar bilan birga 70 million funt sterlingni tashkil etgan.
Xalqaro faoliyati Baleba Kamerun milliy terma jamoasidagi debyutini 2024-yil 8-iyun kuni Ahmadou Ahidjo stadionida Jahon chempionati saralashi doirasida Kabo-Verdega qarshi kechgan uchrashuvda oʻtkazgan. U oʻyinni asosiy tarkibda boshlab, 80 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Baleba murabbiy David Pagou tomonidan 2025-yilgi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etish uchun tanlangan kamerunlik futbolchilar roʻyxatiga kiritilgan.
Oʻyin uslubi Oʻzining chidamliligi, driblingi va toʻp uzatish masofasi bilan tanilgan Baleba markaziy yarim himoyachi boʻlib, u „box-to-box“ (jarima maydonchasidan-jarima maydonchasigacha) yoki tayanch yarim himoyachisi sifatida oʻynay oladi. U Paul Pogba, Kevin De Bruyne, Thiago Alcântara, shuningdek, „Lill“ning sobiq oʻyinchilari Nicolas Pépé va Idrissa Gueyeni oʻziga kumir bilib ulgʻaygan. Baleba oʻzining jismoniy holati, toʻpni olib qoʻyish qobiliyati va raqiblarga bosim oʻtkazishga tayyorligi bilan ham ajralib turadi. Uning qatʼiyatliligi va kuchi toʻpni qaytarib olishga, jumladan, maydonning yuqori qismida pressing uyushtirish orqali raqibni xatoga majburlashga imkon beradi. Toʻpga egalik qilganida, u koʻpincha darvozabon yoki markaziy himoyachilardan toʻpni qabul qilish uchun orqaroqqa qaytadi va toʻpni oldinga olib chiqishga harakat qiladi: buni yo chap oyoqda keng maydonlarga toʻp uzatish, yo yarim himoya boʻylab toʻpni oʻzi olib oʻtish orqali amalga oshiradi Tezlik va kuchning uygʻunligi unga toʻp bilan raqiblaridan oʻtib ketish imkonini beradi.
Yutuqlari Shaxsiy
„Brighton & Hove Albion“ klubining mavsumdagi eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2024–25https://www.brightonandhovealbion.com/pages/en/media-article/club-news-players-award-winners-2024-25-may-2025 Premyer-ligada oyning eng chiroyli goli: 2025-yil, aprel
Manbalar
Havolalar Carlos Baleba Manchester United F. C. saytida
Carlos Baleba Sport yangiliklari
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kamerunlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Lille OSC futbolchilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Championnat National 2 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Kamerun milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Kamerunlik muhojir erkak futbolchilar