Hojiboy (Hojimurod) Tojiboyev (25-avgust, 1955 – 24-iyul, 2008| Xojiboy Tojiboev bizni tark etdi. Manguga!) – taniqli oʻzbek kino va teatr aktyori, soʻz ustasi, qiziqchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. „Sharif va Marif“ filmidagi roli bilan mashhur. Tojikistonning Leninobod shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston va Tojikistonda xizmat koʻrsatgan artist, satirik va kinoaktyor.
1978-yilda Toshkent Teatr va rassomchilik institutini tugatgan.
Tojikistonga qaytib, bir muddat Shukur Burhonov nomidagi Nov teatrida, Leninoboddagi Kamol Xujandiy nomli teatrda ishladi. Soʻng Andijon Davlat filarmoniyasiga ishga oʻtib, Halim Joʻrayev va Sherali Joʻrayev yetakchiligidagi konsert gastrollarida ishtirok etdi. 2008-yilning 24 iyulida ogʻir xastalikdan soʻng 52 yoshida Toshkentda olamdan oʻtdi.Hojiboysiz besh yil
Filmografiya Yil Film nomi Rol 1989 Tangalik bolalar Hojiboy 1991 Perestroyka 1993 Sharif va Marif Hojiboy
Oilasi qizi Intizor Tojiboyeva – Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutida drama va kino aktyorligi fakultetini tamomlagan. Ota, Gyulchatay. Radi lyubvi va Sotqin nomli oʻzbek filmilarida rol ijro etgan. Abzal Husanovning „Ayriliq“ klipida suratga tushgan. Unvon va mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mehnat shuhrati ordeni (2021-yil);
Manbalar
Havolalar Internetdagi videolari