Peter Ibbetson — George du Maurierning ilk romani. 1891-yilda nashr etilgan. Jurnalist John N. Raphael roman asosida „Peter Ibbetson“ sahna asarini yaratgan. Premyerasi 1915-yil 23-iyulda His Majesty’s Theatreda boʻlib oʻtgan. Keyinchalik 1917-yilda Broadwayda ham namoyish etilgan. Roman 1921-yilda „Forever“ ovozsiz filmiga va keyinchalik Oscar mukofotiga nomzod „Piter Ibbetson“ (1935) filmiga moslashtirilgan. Bastakor Deems Taylor va aktrisa Constance Collier roman asosida „Peter Ibbetson“ operasini yaratgan. Premyerasi 1931-yil 7-fevralda Metropoliten-operada boʻlib oʻtgan.
Manbalar