Blue — Simon Webbe, Duncan James, Antony Costa va Lee Ryandan iborat ingliz guruhi. Guruh 2000-yilda tashkil etilgan va 2004-yil oxirida faoliyatidagi tanaffusni eʼlon qilishidan avval uchta musiqiy albom chiqargan. Blue Buyuk Britaniya Eurovision qo'shiq tanlovi 2011da „I Can“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, 100 ochko jamgʻargan holda 11-oʻrinni egallagan.
2013-yilda guruhning The Big Reunion loyihasida ishtirok etishi tasdiqlandi. Mazkur loyiha doirasida oʻtmishda mashhur boʻlgan oltita musiqiy guruh, jumladan Liberty X, Atomic Kitten va 5ive, maxsus konsert uchun qayta birlashgan. 2013-yil 27-mart kuni guruh oʻsha yilning oʻzida oʻzining navbatdagi yakkaxon konsert safarini boshlashini maʼlum qilgan. Bu ularning qariyb oʻn yil ichidagi ilk konsert gastroli boʻlgan.
2015-yil aprel oyida Blue oʻzining beshinchi musiqiy albomi — Coloursning tijoriy muvaffaqiyatsizligi sababli Sony Music bilan hamkorligini yakunlagan. 2022-yilda guruh „Haven't Found You Yet“ va „Dance with Me“ qoʻshiqlari bilan musiqiy faoliyatiga qaytgan. Ushbu qoʻshiqlar 2022-yil 28-oktyabrda chiqarilgan oltinchi albom — Heart & Soul tarkibidan oʻrin olgan.
Guruhning dunyo boʻylab 15 milliondan ortiq nusxadagi musiqiy albomlari sotilgan. (BPI) maʼlumotlariga koʻra, Blue Buyuk Britaniyada 3,6 million albom va 2,6 million yakkalik qoʻshiqlari uchun sertifikatlarga sazovor boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ingliz qoʻshiqchilari