The Craft of Research — Wayne C. Booth, Gregory G. Colomb, Joseph M. Williams, Joseph Bizup va William T. Fitzgerald qalamiga mansub kitob. Asar Chikago universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ushbu kitob tadqiqot olib borish boʻyicha asosiy qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi. Unda mavzu tanlash va manbalarni toʻplashdan tortib, natijalarni yozish jarayonigacha boʻlgan bosqichlar qamrab olingan. Ushbu asar kollejlarning akademik yozuv darslarida standart darslikka aylangan va hozirda uning beshinchi nashri chop etilgan.
The Craft of Research kitobining birinchi nashri 1995–1996 yillarda „Critics’ Choice Award“ mukofoti gʻolibi boʻlgan. Shuningdek, ushbu kitob materiallari Kate L. Turabianning „A Manual for Writers of Research Papers, Theses, and Dissertations“ („Tadqiqot matetiali, tezis va dissertatsiya yozuvchilar uchun qoʻllanma“) qoʻllanmasining birinchi qismini shakllantirish uchun moslashtirilgan.
Kitobning tuzilishi Quyida asarning toʻrtinchi nashrida keltirilgan tarkibiy tuzilishi berilgan:
Soʻzboshi: Ushbu nashrning maqsadlari 1-qism: Tadqiqot, tadqiqotchilar va oʻquvchilar Yozma fikrlash: Tadqiqotning shaxsiy va ijtimoiy manfaatlari Oʻquvchi bilan bogʻlanish: Oʻzingiz va oʻquvchilar uchun ijtimoiy rol yaratish
2-qism: Savol berish, javob topish Mavzudan savolga oʻtish Savoldan muammoga oʻtish Muammodan manbalarga oʻtish Manbalar bilan ishlash
3-qism: Argumentni shakllantirish Sifatli argument yaratish: Umumiy sharh Daʼvolarni ilgari surish Sabab va dalillarni jamlash Eʼtirozlarni tan olish va ularga javob qaytarish Asoslar
4-qism: Argumentni yozish Rejalashtirish va qoralama yozish Argumentni tizimlashtirish Manbalarni matnga kiritish Dalillarni vizual tarzda yetkazish Kirish va xulosa qismlari Uslubni tahrir qilish: Hikoyangizni aniq bayon etish
5-qism: Yakuniy mulohazalar Tadqiqot etikasi Oʻqituvchilar uchun soʻngsoʻz Ilova: Bibliografik resurslar
Tarjimalar Shved tili: Forskning och skrivande: konsten att skriva enkelt och effektivt, (from 4th ed. 2019) Yapon tili: Risachi no giho, (from 4th ed. 2018) Koreys tili: Haksul nonmun chaksongbop, (from 4th ed. 2017) Xitoy tili: Yan jiu shi yi men yi shu, (from 2nd ed. 2009) Portugal tili: A arte da pesquisa, (from 2nd ed. 2008) Ispan tili: Cómo convertirse en un hábil investigador, (from 1st ed. 2001)
Manbalar
Havolalar Interview with the authors of The Craft of Research, 2008