Anhelina Serhiyivna Kalinina (; 1997-yil 7-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik professional tennischi. 2023-yil 22-may kuni WTA yakkalik reytingida faoliyatidagi eng yuqori natija — 25-oʻringa koʻtarilgan. Juftlik yoʻnalishi boʻyicha reytingda 2025-yil yanvar oyida 92-oʻringa band qilgan. WTA Challenger Tour musobaqasi doirasida yakkalik yoʻnalishida 4 ta unvonni, shuningdek ITF ayollar turida yakkalik yoʻnalishida 15 ta va juftlik yoʻnalishida 3 ta unvonni qoʻlga kiritgan.

Sport faoliyati Yoshlar 2014-yilda Kalinina Elizaveta Kulichkova bilan juftlik yoʻnalishida Australian Open musobaqasida gʻolib chiqqan. Ular musobaqa finalida Katie Boulter va Ivana Jorović juftligini magʻlub etgan. Oʻsha yili sportchi AQSh yoshlar ochiq turniri finaliga chiqqan, biroq Marie Bouzkovága qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchragan.

2018: Katta dubulgʻadagi debyut 2018-yilgi AQSh ochiq turnirida Kalinina saralash bosqichida uchta uchrashuvda gʻalaba qozongach, Katta dubulgʻa turniri yakkalik yoʻnalishi asosiy toʻr bahslarida oʻzining ilk bor ishtirokini amalga oshirdi. U saralash oʻyinlarining birinchi bosqichida Elena-Gabriela Ruseni, ikkinchi bosqichda Tereza Martincováni, soʻngra Jaimee Fourlisni magʻlub etdi va asosiy toʻr bahsida Kathinka von Deichmannni uch setda yengishga muvaffaq boʻldi. Shu orqali sportchi Katta dubulgʻadagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi, biroq keyinchalik Sloane Stephensga oʻyinni boy berdi.

2021: WTA Tur finali French Openda musobaqasida Kalinina saralash bosqichidan oʻtib ikkinchi bosqichga chiqdi va 26-raqamli ishtirokchi hamda uch karra Katta dubulgʻa chempioni Angelique Kerberni magʻlub etdi.

Kalinina Wimbledon musobaqasi saralash oʻyinlarining soʻnggi bosqichida magʻlub boʻlganiga qaramay, keyingi ikki hafta ichida Montpellierda oʻtkazilgan sovrin jamgʻarmasi 60 min dollar boʻlgan va Contrexévilleda boʻlib oʻtgan 100 ming bollarlik turnirlarida gʻolib chiqib, 2021-yilda ITFdagi unvonlari sonini toʻrttaga yetkazdi. U Budapesht Gran-pri finaliga ham chiqib, birinchi raqamli ishtirokchi Yulia Putintsevaga yutqazdi. 2021-yil mavsumini 32 ta gʻalaba va 7 ta magʻlubiyat bilan yakunlab, jahon reytingida 125-oʻrindan 95-oʻringa koʻtarildi (30 pogʻona).

Manbalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik ayol tennischilar Turkum:21-asr ukrainalik ayol sportchilar