Kitab al-Tavhid () (Yakkaxudolik kitobi) — bu sunniy anʼanasidagi, Asariy aqida maktabiga mansub Islomiy yakkaxudolik (Tavhid) haqidagi asardir. Ushbu kitob Salafiylik aqidasida yakkaxudolik masalasining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Kitob Hanbaliy mazhabi olimi Muhammad ibn Abd al-Wahhab tomonidan yozilgan.

Tarix Madina shahrida dastlabki taʼlimni olganidan soʻng, Ibn ʿAbd al-Vahhob Arabiston yarimorolidan tashqariga safar qilib, avvalo Basraga yoʻl oldiibn Ghannam: 75–76.ibn Bishr: 7–8.. Bu davrda Basra hali ham Islom madaniyatining faol markazlaridan biri edi. Basrada boʻlgan vaqtida Ibn ʿAbd al-Vahhob hadis va fiqh ilmlarini Muhammad al-Majmu’iydan oʻrgandi. Shu yerda u Shialar bilan aloqada boʻlib, ularning aqidaviy qarashlarini rad etuvchi risola yozdi. Shuningdek, u hanbaliy olim Ibn Rajabning asarlaridan, xususan „Kalimat al-Ikhlas“dan taʼsirlanib, oʻzining mashhur „Kitab al-Tavhid“ asarini yozdi.

Ushbu risola Rossiyada 2007-yil 16-iyulda „ekstremistik“ deb baholanib taqiqlangan.

Qisqacha mazmun thumb|Kitab al-Tavhid asl nusxasi, Muhammad ibn Abd al-Wahhab tomonidan yozilgan, 2018-yilda Saudiya Arabistoni Milliy muzeyida namoyish etilgan Kitob Allohning yagonaligi va faqat Unga ibodat qilish zarurligiga urgʻu beradi. Unda Ko‘pxudolik (shirk) rad etiladi hamda Islomdagi bid’atlar Qur'on va hadisga qatʼiy amal qilish orqali inkor qilinadi.

Kitob shuningdek shirkning xavfi va uning Islomdagi jazosi haqida bayon qiladi. Unda Sehr (qora sehr), folbinlik, Tumor va Astrologiya kabi amallar qatʼiyan qoralanadi.

Ibn ʿAbd al-Vahhob Islomni asl holiga qaytarish va uni noislomiy urf-odatlardan tozalashga intilgan. Uning asarlari odatda qisqa boʻlib, koʻplab Qur'on va hadis iqtiboslariga boydir.

U Islomning asosiy aqidasi — Allohning yagonaligi (tavhid) ekanligini taʼkidlagan.

Yana qarang

Salafiylik va sufiylik munosabatlari 2016-yil Grozniyda sunniy islom bo‘yicha xalqaro konferensiya

Manbalar

Havolalar

Kitab at-Tawheed Explained (ingliz tilida) Kitab at-Tawheed (ingliz tilida) Asl nusxa (arab tilida) Bengal tarjimasi Rus tarjimasi Filippin tarjimasi Ispan tarjimasi Toʻliq matn Shamila kutubxonasi