Shrabliyyin masjidi (; shuningdek, arab yozuvini lotinlashtirishda Shirabliyyin, Cherabliyine va boshqa shakllarda ham yoziladi) — Marokashning Fos shahrida joylashgan, Mariniylar sulolasi davriga oid masjiddir.
Tarixi
Masjid XIV asrda Mariniylar davrida barpo etilgan. Qurilishning aniq sanasi va homiysi tasdiqlanmagan boʻlsa-da, u milodiy 1331–1348-yillarda hukmronlik qilgan Mariniy sultoni Abu al-Hasan tomonidan qurilgan deb hisoblaniladi.
Abu al-Hasan Mariniylar davrining eng sermahsul quruvchilaridan biri boʻlgan va u Fos hamda uning atrofida bir necha madrasa va masjidlar qurilishiga boshchilik qilgan.
Meʼmorchiligi Masjid ayniqsa oʻzining minorasi bilan mashhur boʻlib, u oʻrta asrlarga xos Marokash–Andalus meʼmorchiligi uslubida (avvalgi Almohadlar davri namunalaridan rivojlangan) juda boy bezatilgan. Minora bezagida darj-v-ktaf yoki sebka naqshi qoʻllanilgan boʻlib, u palmette yoki fleur-de-lis shakllarini eslatadi va fasadlarning katta qismini qoplaydi. Bundan tashqari, poydevor qismida koʻp bargli kamar (polilobli ark) naqshlari, yuqori qismida merlonlar hamda boʻsh joylarni toʻldirib turuvchi rang-barang mozaik plitkalar (zellij) mavjud.
Bu mozaikalardan biri, yaʼni minora ichki hovliga qaragan tomonidagi bezak, kvadrat kufiy uslubidagi mashhur yozuv bilan ziynatlangan. Minoradagi rangli mozaika plitkalari ehtimol Moulay Sulaymon hukmronligi davrida (1792–1822-yillar oraligʻida) qoʻshilgan boʻlishi mumkin, biroq minoraning yuqori qismidagi keng zellij tasmasi katta ehtimol bilan Mariniylar davridagi asl loyihaning bir qismi hisoblanadi.
Yana qarang
Marokashda Islom Marokashdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Marokashdagi masjidlar Turkum:11-asr masjidlari