Milan–Kortina d’Ampezzo 2026 () – 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun Milan va Kortina-dʼampetsso shaharlari hamda Italiya Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan muvaffaqiyatli ariza. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi 2019-yil 24-iyunda Shveysariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan 134-sessiyada 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun Milan–Kortina-dʼampetssoni tanladi.
Tarixi Milan shahri Valtellina bilan birga Qishki Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun munosib nomzod sifatida koʻrib chiqildi. Rejaga koʻra, muz ustida oʻtkaziladigan sport turlari Milanda, qorda oʻtkaziladigan sport turlari esa allaqachon togʻ changʻisi, changʻida yugurish, snoubord, biatlon va boshqa sport turlari boʻyicha mashhur manzillar boʻlgan Bormio, Santa Caterina di Valfurva va Livignoda oʻtkazilishi lozim edi.
2018-yil 10-mart kuni Turin meri Chiara Appendino oʻzining Facebook sahifasida 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining 20-yilligi munosabati bilan oʻyinlarni oʻtkazish uchun ariza tayyorlanayotgani tasdiqladi. Uning aytishicha, bu nomzodlik oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha yangi, inqilobiy modelni joriy etadi va unda barqarorlik ustuvor yoʻnalish boʻladi. 17-mart kuni Appendino oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikni bartaraf etgach, CONIga rasmiy ravishda oʻz qoʻllab-quvvatlovini bildirgan maktub yubordi. Keyingi hafta shahar kengashi „Torino–2026“ assotsiatsiyasini tuzish tartibini boshlashga ruxsat berdi. Nodavlat-notijorat ushbu tuzilma Turinning Qishki Olimpiya oʻyinlariga nomzod boʻlish imkoniyatini baholash uchun zarur boʻlgan tahlil va tadqiqotlarni nazorat qilish vazifasini bajarishi kerak edi.
2018-yil 29-martda, shaharlar suhbat bosqichiga qoʻshilish muddatidan ikki kun oldin, CONIning 2026-yilgi Oʻyinlarni Milan va Turin shaharlarida oʻtkazish boʻyicha nomzodlik berishi tasdiqlandi va Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasiga oʻyinlarga mezbonlik qilish istagi bildirilgan maktub yuborilgani maʼlum boʻldi. 134-XOQ sessiyasining 2019-yilda Milanda oʻtkazilishi rejalashtirilgani sababli arizani koʻrib chiqish murakkablashgan edi. Agar Italiya shahri nomzodlik bosqichiga oʻtsa, XOQ sessiyasi oʻtkaziladigan joy boshqa davlatga koʻchirilishi kerak boʻlardi.
2026-yilgi Qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari boʻyicha Italiya nomzodligida qaysi shahar yetakchilik qilishi masalasida 2018-yil 1-avgust yoki 17-sentabr kunlari qaror qabul qilindi. 2018-yil 4-iyulda Turin meri Chiara Appendino konferensiyada „Turin–2026“ loyihasi va nomzodligini eʼlon qilar ekan, Milan bilan birgalikdagi oʻyinlarga mezbonlik qilish boʻyicha nomzodlik imkoniyatini „matbuotning men hali koʻrmagan gap-soʻzlari“ deb taʼriflagan. 2018-yil 1-avgustda CONI barcha nomzod shaharlar mavjud inshootlardan foydalanib, qoʻshma ariza bilan qatnashishini tasdiqladi va CONIga Kortina–Milan–Turin qoʻshma arizasi boʻyicha taklif taqdim etdi.
2018-yil 18-sentyabrda CONI Turin shahrining arizadan chiqib ketganidan soʻng Milan va Kortina-dʼampetsso bilan birgalikda ariza taqdim etishini maʼlum qildi. 2018-yil 19-sentyabrda Italiya Bosh vazir oʻrinbosari Matteo Salvini Italiya hukumati 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun arizani qoʻllab-quvvatlashini aytdi. Bundan tashqari, CONI Italiya arizasiga Turin shahrining qaytishi ehtimolini ham rad etmadi.
2018-yil 1-oktyabrda CONI Milan–Kortina-dʼampetsso arizasini tasdiqladi. Italiya hukumati 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun Milan–Kortina arizasini qoʻllab-quvvatladi, biroq buning uchun moliyaviy sarmoya kiritmasligini bildirdi. Shunga qaramay, Lombardiya va Veneto viloyatlari oʻyinlarni davlat va xususiy sarmoyalar hisobiga moliyalashtirishga harakat qildi. 2019-yil 21-yanvarda Italiya hukumati Milan–Kortina arizasini yana bir bor qoʻllab-quvvatladi. 2019-yil 1-aprelda Milan–Kortina-dʼampetsso mezbon shaharlar sifatida tanlandi. Shunday qilib Olimpiya oʻyinlari ilk bor Milanda oʻtkaziladigan boʻldi. Turin shahrida esa 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridan keyingi navbatdagi Olimpiadaning 20 yilligi, Kortina-dʼampetssodagi 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridan keyin 70 yilligi va Italiya Respublikasida 80 yilligiga toʻgʻri kelardi.
Avvalgi arizalar Milan shahri bundan oldin biror marta Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilmagan, biroq shahar 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun ariza topshirgan, ammo bu ariza keyinchalik qaytarib olingan va mezbonlik Sidney shahriga berilgan edi. Kortina-dʼampetsso esa 1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan.
Italiya sport tarixida 3 marta Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan, XOQga jami 17 ta ariza (9 tasi Yozgi Olimpiya oʻyinlari, 7 tasi esa Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun) taqdim etgan.
Brending Nomzod shahar logotipi 2018-yil 27-noyabrda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan ANOC Bosh Assambleyasida taqdimot paytida eʼlon qilindi. Ariza logotipida Milan sobori tasvirlangan boʻlib, fasadi Alp va Dolomit togʻlarini eslatuvchi togʻ manzarasini aks ettirgan. Logotipdagi yashil, oq va qizil minoralar Italiya bayrogʻini bildiradi. Dizayn Milan hamda Cortina oʻrtasidagi birlikni ifodalash uchun moʻljallangan.
„Dreaming Together“ („Birgalikda orzu qilamiz“; ) Olimpiada shirori 2019-yil 1-aprelda taqdim etilgan. Olimpiadaga mezbonlik qilish uchun taqdim etadigan batafsil reja va hujjatlari toʻplami va veb-sayti 2019-yil 11-yanvarda ishga tushirilgan.
Sana Qishki Olimpiya oʻyinlari 2026-yil 6-fevraldan 22-fevralgacha, Qishki Paralimpiya oʻyinlari esa 6-martdan 15-martgacha boʻlib oʻtadi.
Arenalar
Milan klasteri San Siro – ochilish marosimi Forum di Milano – figurali uchish, short-trek PalaItalia – asosiy xokkey arenasi (oʻyinlardan qatʼi nazar rejalashtirilgan) PalaLido – ikkinchi xokkey arenasi (oʻyinlardan qatʼi nazar rejalashtirilgan)
Valtellina klasteri Bormio – togʻ changʻisi Livigno – snoubord, fristayl
Kortina d’Ampezzo klasteri Kortina-dʼampetsso – togʻ changʻisi (texnik trassa 2021-yilgi FIS Alp togʻ changʻisi boʻyicha Jahon chempionati uchun qurilmoqda) Rasen-Antholz – biatlon Pista Eugenio Monti, Kortina – bobsley, chana sporti va skeleton (modernizatsiya va yoritish ishlari) Stadio Olimpico Del Ghiaccio, Kortina – kyorling
Val di Fiemme klasteri Trampolino Giuseppe Dal Ben, Predazzo – tramplindan sakrash, tramplindan sakrash va changʻida uchish boʻyicha ikkikurash (shamolga qarshi toʻr talab etiladi) Lago di Tesero Cross Country Stadium – changʻida uchish, tramplindan sakrash va changʻida uchish boʻyicha ikkikurash Baselga di Piné – konkida yugurish (arena qayta quriladi)
Verona Verona arenasi – yopilish marosimi
Manbalar
Havolalar Milan-Cortina 2026 rasmiy veb-sayti Milan–Kortina d’Ampezzo 2026 ariza kitobi (arxivlangan)
Turkum:Milanda sport Turkum:Kortina-dʼampetssoda sport Turkum:Italiya tomonidan Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun arizalar