Jonas Müller (1995-yil 19-noyabrda tugʻilgan) – germaniyalik professional xokkeychi, himoyachi sifatida Deutsche Eishockey Liganing (DEL) „Eisbären Berlin“ klubida toʻp suradi. U 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Germaniya sharafini himoya qilgan.
Karyerasi Müller xokkey bilan olti yoshida shugʻullanishni boshlagan. U dastlab oʻzining tugʻilgan shahri klubi „Eisbären Berlin“ akademiyasiga qoʻshilib, barcha yosh toifalaridagi jamoalar safida oʻynagan va 2013–2014-yilgi mavsumda Deutsche Eishockey Ligada (DEL) professional debyutini amalga oshirgan. 2018-yil 3-may kuni u Berlin klubida qolish maqsadida shartnomasini yana bir yilga uzaytirgan.
Terma jamoadagi karyerasi Müller ilk marta Germaniya sharafini xalqaro maydonda 2013-yilgi Xokkey boʻyicha jahon chempionatining U-18 yosh toifasida himoya qilgan.
U kattalar darajasidagi debyutini 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida amalga oshirgan va Germaniya xokkey jamoasining kumush medaliga erishishiga oʻz xissasini qoʻshgan. Shuningdek, Müller 2018-yilgi IIHF Jahon chempionatida ham Germaniya sharafini himoya qilgan.
Manbalar
Turkum:Berlinda tugʻilganlar Turkum:Germaniya xokkeychilari Turkum:Xokkeychilar