Gümüshtekin (1177-yil sentyabrda vafot etgan) Zangiylar imperiyasida yuqori lavozimlarni egallagan xojasaroy boʻlgan. Halab atabegi Nuriddin Gümüshtekinni Iroqning Mosul shahriga oʻz noibi etib tayinlagan. Nuriddin 1174-yilda vafot etgach, Gümüshtekin uning voyaga yetmagan oʻgʻli as-Solih Ismoil al-Malikning vasiyligini oʻz zimmasiga olgan va uni Damashqdan Halabga olib ketgan. As-Solihning amakivachchasi, Mosul hukmdori Sayfiddin Gʻoziy II bilan Damashqni egallab olgan Ibn al-Muqaddamga qarshi ittifoq tuzgan. Ibn al-Muqaddam esa Ayyubiylar sulolasidan boʻlgan Misr hukmdori Salohuddin al-Ayyubiydan yordam soʻrab, shaharni unga topshirgan. As-Solih Gümüshtekinga Haram shahrini iqto qilib bergan.

Halab va unga tutash hududlar hokimi boʻlgan Gümüshtekin 1176-yilda Bohemond III bilan kelishuv tuzib, Raynald de Shatilonni, shuningdek Joselin III va boshqa barcha nasroniy asirlarni ozod etishga rozi boʻlgan. Biroq, Gümüshtekin as-Solih ustidan taʼsirini kuchaytirish maqsadida uning vazirini suiqasd yoʻli bilan oʻldirtirgach, franklar yoki salibchilar bilan yashirin muzokaralar olib borganlikda ayblanib, qiynoqqa solingan va 1177-yil sentyabrda Haram devorlari oldida qatl etilgan. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1177-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi haram ogʻalari Turkum:Halab monarxlari