Emil Caras (1967-yil 21-dekabrda tugʻilgan) – moldovalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Emil Oʻzbekistonning „Paxtakor“ klubida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Futbolchilik faoliyati Klub Emil Kishinyov sport maktab-internatining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyatini 1985-yilda Bălţining „Zorya“ jamoasida boshlagan va oʻsha mavsumda 15 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1986-yilda u 23 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urgan, shundan soʻng, sentyabr oyida Kishinyovdan „Nistru“ klubiga koʻchib oʻtgan va u yerda mavsumni 10 ta oʻyinda ishtirok etib yakunlagan. 1987-yilgi mavsumni yana „Zorya“ jamoasida oʻtkazgan va 34 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

1989-yilda Benderning „Tighina-RShVSM“ jamoasida 26 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1989-yil sentyabr oyida yana „Nistru“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va u yerda mavsumni ikkita oʻyinda maydonga tushib yakunlagan. 1990 va 1991-yilgi mavsumlarda mos ravishda 34 ta oʻyinda (bitta gol urgan) va 28 ta oʻyinda maydonga tushgan.

1992-yildan 1995-yilgacha u Moldova chempionatida oʻsha klub, hozirda nomi Zimbru deb oʻzgartirilgan klub bilan oʻynagan. Bu vaqt ichida u 103 ta oʻyinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan. U jamoa bilan toʻrt karra milliy chempion va bir marta Moldova kubogi finalchisi boʻlgan. Keyin u 1995-yilning ikkinchi yarmini Krikovoning Spumante jamoasida oʻtkazdi, 13 ta oʻyinda maydonga tushgan.1996-yilgi mavsumda Zimbruga qaytib kelgan va u yerda 1997-yilgacha oʻynagan. Klub tarkibida 20 ta oʻyinda maydonga tushgan va klub bilan bir marta milliy chempion, bir marta ikkinchi oʻrin sohibi va bir marta milliy kubok sohibi boʻlgan.

1997-yilda u Rossiyaning Tyumen klubiga oʻtgan, ammo u yerda oʻzini koʻrsata olmagan. Chempionatda atigi ikkita oʻyin va Rossiya kubogida bitta oʻyin oʻtkazgan va avgust oyida jamoani tark etgan. Oʻsha yili u Moldovaga qaytib kelgan va u yerda faoliyatini Moldova-Gazda davom ettirgan. 1998-yil oxirigacha Moldova-Gazda oʻynagan, 21 ta oʻyinda maydonga tushgan va bitta gol urgan.

1999-yil boshida u „Konstruktorul“ jamoasiga qoʻshilgan va ligada atigi toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. U jamoa bilan Kubok finaliga chiqqan va mamlakat vitse-chempioni boʻlgan. Keyinchalik u Moldova-Gazga qaytib kelgan va u yerda 2000-yilda nafaqaga chiqqunga qadar oʻynagan va soʻnggi professional mavsumida 31 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Terma jamoa U 1991-yildan 1995-yilgacha Moldova terma jamoasida oʻynagan va shu vaqt ichida oltita oʻyinda maydonga tushgan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, u murabbiylik bilan shugʻullangagn. 2000-yilda u „Dacia“ jamoasiga taklif etilgan. Ikki yil davomida oʻyinchi-murabbiy, keyinchalik yana ikki yil davomida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. 2003-yildan 2008-yil oktyabrgacha klub bosh murabbiyi bi’lgan. Dacia jamoasi uning murabbiyligida 2004/05-yilgi mavsumida chempionatda uchinchi oʻrinni, 2007/08-yilgi mavsumda esa ikkinchi oʻringa olgan. Shuningdek, uning davrida jamoa 2004/05-yilgi Moldova kubogi finaliga olib chiqqan va 2006-yilda Moldovada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

2008-yil dekabrdan 2009-yilgacha u Tiraspol klubida ishlagan. Oʻsha yilning iyul oyi oxirida u qisqa vaqt ichida oʻzining futbolchilik faoliyatini boshlagan Olimpia Bălți jamoasini boshqargan. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Caras boshchiligida Olimpia klubi faqat bitta rasmiy oʻyinda maydonga tushgan.

2009-yil avgustidan mavsum oxirigacha Vladikavkazning Alaniya klubida Mircea Rednicning yordamchi murabbiyi va tarjimoni boʻlib ishlagan. 2010-yilda u Kubanda Dan Petrescuning yordamchisi sifatida ish boshladi, keyinchalik esa Qatarning Al-Arabiy va Xitoyning Jiangsu Sainty klublarida ham Petrescu bilan ishlagan.

Shaxsiy hayot Emil sobiq sovet futbolchisi va hozirda moldaviyalik murabbiy Ion Carasning jiyani boʻlib, u 1990-yillarda Moldova terma jamoasida ishlagan.

Yutuqlar

Oʻyinchi sifatida Zimbru Kishinyov

Moldova chempioni: (5) 1992, 1992/93, 1993/94, 1994/95, 1995/96 Moldova kubogi sohibi: 1996/97 Moldova chempionati 2-oʻrin sohibi: 1996/97 Moldova kubogi finalchisi: 1994/95 Konstruktor

Moldova chempionati 2-oʻrin sohibi: 1998/99 Moldova kubogi finalchisi: 1998/99 Murabbiy sifatida Dacia

Moldova chempionati 2-oʻrin sohibi: 2007/08 Moldova chempionati bronza medali sohibi: 2004/05 Moldova kubogi finalchisi: 2004/05 Shaxsiy Moldovada yil murabbiyi: 2006-yil

Manbalar

Havolalar

Emil Caras Transfermarkt saytida (murabbiy) Emil Caras Transfermarkt saytida (futbolchi) Emil Caras Scorebar saytida Emil Caras Footballdatabase saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kishinyovlik futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Moldovalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Bălți futbolchilari Turkum:FC Zimbru Chișinău futbolchilari Turkum:FC Spumante Cricova futbolchilari Turkum:FC Tyumen futbolchilari Turkum:FC Tiraspol futbolchilari Turkum:FC Tighina futbolchilari Turkum:FK Moldova-Gaz futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Moldova Super Ligasi futbolchilari Turkum:Moldovalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Moldova milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Moldovalik futbol murabbiylar Turkum:FC Dacia Chișinău murabbiylari Turkum:FC Tiraspol murabbiylari Turkum:FC Bălți murabbiylari Turkum:Ukrainadagi moldovalik muhojir sportchilar Turkum:Moldovan Superligasi murabbiylari Turkum:Dinamo Kiyev klubiga aloqador shaxslar Turkum:Paxtakor klubiga aloqador shaxslar