Smederevo qamali – Mehmed II ning toʻrtinchi serb yurishi chogʻida Smederevo qal’asiga qilgan hujumi.

Tarixi 1458-yil boshida serb masalasi yana kun tartibiga chiqdi. Bu masalani hal qilish chogʼida serblar ikkiga boʼlindi. Koʻplab zodagonlar Usmoniylar tomonini tanladilar. Serblar uzoq muddat qarshilik koʻrsata olmasliklarini anglaganliklari bois ular katolik vengerlar hukmronligi oʻrniga Usmoniy hukmronligini afzal koʻrdilar.

Usmoniylar hukumati bu voqealardan xabar topgach, serblar masalasini butunlay hal etishga qaror qildi. 1458-yilda sulton Morea yurishiga yoʻl olayotgan chogʼida Mahmud poshoga 1000 nafar yanichar berdi va uni Serbiyaga yubordi.

Serblarning poytaxti Smederevo atrofidagi bir qancha muhim qal’alarni egallagach, Mahmud posho Smederevoni ham qamal qildi va tashqi devorlarni yorib oʼtdi. Biroq asosiy qal’ani egallay olmadi va qamal bekor qilindi.

Qamal Serbiya toʻliq turk viloyatiga aylanishi uchun Smederevo qulashi zarur edi. Shu sababdan Mehmed posho 1459-yilda Smederevoni shaxsan oʻzi egallash uchun Sofiyaga keldi va u yerdan Serbiyaga yurish boshladi. Sultonning yurishi davomida unga serblar yordam koʻrsatdi. U Smederevo qarshisida paydo boʻlgach, serblar qal’a kalitlarini sultonga yuborib, undan himoya soʻradilar. Bu vaziyat tufayli Serbiya despoti Stephen Tomašević 1459-yil iyul oyining boshida venger askarlari bilan birga chekinishga majbur boʻldi.

Oqibati Smederevoning qulashi shimoliy Serbiyadagi barcha kichik qal’alar taslim boʻlishiga sabab boʼldi. 1459-yil oxiriga kelib, taxminan 200 000 serb asiri bilan butun Serbiya Mehmed poshoning nazoratiga oʻtdi va shu tariqa 400-yildan ortiq davom etgan Usmoniylar hukmronligi boshlandi.

Smederevoning sanjakka aylantirilishi qoʻshni hukumatlar, xususan, vengerlar uchun xavf tugʼdirdi. Shundan soʻng, Belgrad Usmoniylar tomonidan zabt etilgunga qadar Smederevo qalʼasi Vengriyaga qarshi hujumlar va reydlar uchun baza sifatida xizmat qildi.

Manbalar

Turkum:Vengriya–Usmoniylar urushlaridagi qamallar Turkum:Vengriya ishtirokidagi qamallar Turkum:Usmoniylar imperiyasi ishtirokidagi qamallar Turkum:Oʻrta asrlarda Serbiya ishtirokidagi janglar Turkum:Mehmed II ning janglari Turkum:1450-yillar Usmoniylar imperiyasida Turkum:1459-yil Yevropada