Freestyle Chess Grand Slam Tour – 2025-yilda Freestyle Chess Operations tomonidan tashkillashtiriladigan Chess960 boʻyicha turnirlar. Ushbu turkum beshta „Grand Slam“ musobaqasidan iborat boʻlib, ular 2024-yilda oʻtkazilgan Freestyle Chess G.O.A.T. Challenge musobaqasiga oʻxshash formatda tashkil etiladi. Har bir turnirdagi oʻrinlarga qarab oʻyinchilarga ochkolar beriladi. Yil yakunida eng koʻp ochko toʻplagan ishtirokchi Freestyle Chess Champion unvoniga ega boʻladi. 2025-yilgi Freestyle Chess Grand Slam Tour chempioni Magnus Carlsen.
Tarixi Turnirning asoschilari sifatida besh karra jahon chempioni Magnus Carlsen hamda nemis investori Jan Henric Buettner qayd etiladi. Carlsen uzoq yillardan beri Chess960ni klassik shaxmatga muqobil deb bilib, uning tasodifiy boshlangʻich holatlari tufayli debyut nazariyasi va teoriyani deyarli yoʻqqa chiqarishini taʼkidlab keladi. Ilgari oʻtkazilgan Chess960 musobaqalarining aksariyatida rapid vaqt nazorati qoʻllanilgan boʻlsa, Carlsen ushbu turda vaqtni sekinroq – klassik shaxmatga yaqin nazoratda oʻtkazishni taklif qilgan. Uning fikricha, bu variant oʻyinchilardan koʻproq fikrlash vaqtini talab qiladi.
Maʼlumotlarga koʻra, Carlsen 2023-yilda Qatar Masters Openda Buettner bilan uchrashganida, Chess960 turnirini sekinroq vaqt nazorati bilan oʻtkazish gʻoyasini ilgari surgan. „Freestyle Chess“ nomi ushbu variantni bozorda yanada jozibador qilish maqsadida ishlab chiqilgan. 2024-yil fevral oyida Buettnerning Weissenhaus dam olish majmuasida Freestyle Chess G. O.A. T. Challenge oʻtkazilgan. Mazkur tadbirdan soʻng, bir nechta qitʼalarni qamrab oluvchi seriya rejalashtirilgani eʼlon qilingan: 2025-yil noyabrida Hindistonda boshlanishi, keyingi bosqichlari esa Weissenhaus, Nyu-York, Cartagena va Keyptaunda oʻtkazilishi, shuningdek, 2026-yilda Avstraliyada davom etishi koʻzda tutilgan. Biroq, 2024-yil aprel oyida Hindistondagi tadbir vaqtincha toʻxtatilgani maʼlum qilingan.
2024-yil iyul oyida Left Lane Capital ushbu loyihaga 12 million dollar sarmoya kiritgan. 2024-yil oktabrga kelib, uchta tadbir sanalari tasdiqlangan: Weissenhausda fevral oyida, Nyu-Yorkda iyul oyida va Keyptaunda dekabr oyida oʻtkazilishi belgilangan. Har bir tadbir uchun mukofot jamgʻarmasi 750 000 dollar miqdorida belgilangan boʻlib, kelajakdagi tadbirlar uchun bu mablagʻni 1 million dollargacha oshirish rejalashtirilgan.
Taqdimot tadbiri 2024-yil 21 va 22-noyabr kunlari Carlsen Fabiano Caruanaga qarshi ikki oʻyinli Chess960da Oʻrtoqlik uchrashuvini Singapurda oʻtkazgan. Bu oʻyin Ding Liren va Gukesh Dommaraju oʻrtasidagi 2024-yilgi Jahon shaxmat chempionati oldidan tashkil etilgan. Birinchi oʻyin yaxta ustida, ikkinchisi esa Le Freeportda oʻtkazilgan. Carlsen birinchi oʻyinda gʻalaba qozongan, ikkinchisida esa durang qayd etgan va umumiy hisobda 1½–½ hisobida gʻalaba qilgan.
Formati
Saralash oʻyinlari Har bir Grand Slamga bitta oʻyinchi Chess.comda oʻtkaziladigan onlayn saralash orqali yoʻllanma oladi. Saralash jarayoni uch bosqichdan iborat:
Shaxmat boʻyicha xalqaro yoki milliy unvoni yoʻq oʻyinchilar (darajasi yoʻq ishtirokchilar) ikki toʻqqiz raundli shveysarcha tizimdagi saralash turnirida ishtirok etadi, vaqt nazorati 10+2. Har bir saralash turnirida eng yaxshi uch oʻyinchi keyingi bosqichga oʻtadi. xalqaro yoki milliy unvoni bor oʻyinchilar (darajasi mavjud ishtirokchilar) va oldingi bosqichdagi olti saralash gʻoliblari toʻqqiz raundli shveysarcha tizimdagi musobaqada ishtirok etadi, vaqt nazorati 10+2. Eng yaxshi toʻrt oʻyinchi keyingi bosqichga oʻtadi. Yakuniy bosqich (olimpiya tizimida) 12 oʻyinchi tashkilotchilar tomonidan taklif qilinadi va ular toʻrt saralash gʻolibi bilan qoʻshiladi. Har bir match ikki oʻyindan iborat boʻlib, vaqt nazorati 15+3. Agar natija durang bilan tugasa, ikki 5+2 blitz oʻyini oʻtkaziladi. Agar durang davom etsa, taklif qilisg qoidasi bilan bitta armageddon oʻyini oʻynaladi. Pley-off bosqichida gʻalaba qilgan oʻyinchi Grand Slamga yoʻllanma oladi.
Grand Slam Grand Slam musobaqalari formati bir nechta oʻzgarishlarga uchragan; bu jarayonda oʻyinchilar ham demokratik tarzda fikr bildirgan, shuningdek, musobaqaning ommaviy jozibadorligini oshirish maqsadi ham koʻzda tutilgan.
Har bir Grand Slam rapidda shveysar tizimi bosqichi bilan boshlanadi. Ushbu bosqichda vaqt nazorati har bir oʻyinchi uchun 10 daqiqa, har bir yurishga 10 soniya qoʻshimcha beriladi. 40-yurishgacha durang taklif qilishga ruxsat berilmaydi.
Musobaqani tark etgan ishtirokchilar pley-off bosqichida sharhlovchi sifatida qatnashishi shart. Agar ular sharhlashdan bosh tortsa, mukofot mablagʻlarining 50% kamaytiriladi.
Barcha matchlarda durang taklif qilish 40-yurishgacha ruxsat etilmaydi. Yuqori reytingli oʻyinchi birinchi oʻyinda qora figuralar bilan boshlaydi. Agar natija durang bilan yakunlansa, qoʻshimcha oʻyinda avvalo ikki 10+10 rapid oʻyini, agar durang davom etsa ikki 5+2 blitz oʻyini, soʻngra taklif etish qoidasi bilan bitta armageddon oʻyini oʻtkaziladi.
Mukofot puli va kvalifikatsiya usullari Faqat saralash bosqichining gʻolibi Grand Slamga yoʻllanma oladi; qolgan ishtirokchilar boshqa saralash mezonlari va wild-kartlar orqali aniqlanadi. Yakuniy Grand Slamga esa shu vaqtgacha toʻplangan eng koʻp Grand Slam ochkolariga ega 12 oʻyinchi yoʻllanma oladi.
OʻrinMukofot puli (bosqich 1)Mukofot puli (bosqichlar 2-4 va final)1-oʻrin$200,000$200,0002-oʻrin$140,000$140,0003-oʻrin$100,000$100,0004-oʻrin$60,000$60,0005-oʻrin$50,000$50,0006-oʻrin$40,000$40,0007-oʻrin$30,000$30,0008-oʻrin$20,000$20,0009-oʻrin$12,500$15,00010-oʻrin$7,500$10,00011-oʻrinn/a$7,500
1-bosqichda faqat 10 ishtirokchi qatnashgan. 2–4 bosqichlarida va Grand Slam finalida esa ikki oʻyinchi birgalikda 11-o‘rinni egallaydi.
Butun seriya boʻyicha ochkolar tizimi quyida keltirilgan bo‘limida bayon qilingan.
Dastur SanalarMezbon shaharGʻolibIkkinchi oʻrinUchinchi oʻrin7–14 fevral Wangels Vincent Keymer Fabiano Caruana Magnus CarlsenHisobot8–15 aprel Parij Magnus Carlsen Hikaru Nakamura Fabiano CaruanaHisobot17–21 aprel Karlsrue Magnus Carlsen Parham Maghsoodloo Andrey Yesipenko Frederik SvaneHisobot16–20 iyul Las Vegas Levon Aronian Hans Niemann Magnus CarlsenHisobot8–11 dekabr Keyptaun Levon Aronian Magnus Carlsen Vincent Keymer
Natijalar
Baholash tizimi Har bir Grand Slam va 2025-yilgi Grenke Freestyle Chess Openda eng yaxshi oʻn oʻyinchiga ochkolar beriladi. Grand Slam finalida esa ochkolar ikki barobar hisoblanadi. Berilgan ballar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Grand Slam 1–4 bosqichlar251815121086421Grand Slam Final50363024201612842Manba:
Turnir jadvali IshtirokchiWangelsParijKarlsrueLas VegasKeyptaunJami ballar bosqich1 bosqich2 bosqich 3 bosqich4 Final 1 Magnus Carlsen31132 121 2 Levon Aronian9DNQ331184 3 Fabiano Caruana2375573 4 Vincent Keymer14139371 5 Javohir Sindarov4DNQ129446 5 Arjun Erigaisi576646 7 Hikaru Nakamura524 WD40 8 Hans NiemannDNQ WD332730 9 Parham MaghsoodlooDNQDNQ2 WD826 10 Frederik SvaneDNQ315 10 Andrey YesipenkoDNQ3DNQ15 12 Nodirbek Abdusattorov68914 13 Leinier Dominguez PerezDNQDNQ5912 14 Alexey SaranaDNQDNQ5DNQ10 15 R PraggnanandhaaDNQ978 15 Maxime Vachier-LagraveDNQ619DNQ8 17 Ian NepomniachtchiDNQ726WD6 17 Alireza Firouzja7 WD6 19 Gukesh Dommaraju811 WD4 19 Wesley So 1484 21 Rauf MamedovDNQ92 22 Leon MendoncaDNQ10DNQ1 22 Vladimir Fedoseev10 WDDNQ1 22 Richárd Rapport10141 25 Vidit GujrathiDNQ11130 25 Bibisara Assaubayeva 46130 25 Ray Robson 19130 25 Sam Sevian 130 25 Viswanathan Anand WD0Faqat kamida bitta Grand Slamga yoʻllanma olgan yoki ochiq turnirlarda kamida bitta ochko toʻplagan oʻyinchilar keltirilgan.Manbalar: Kalit soʻzlar Rang Natijalar Oltin Gʻolib Kumush Ikkinchi oʻrin Bronza Uchinchi oʻrin Yashil Boshqa ballar holati Koʻk Ochkosiz oʻrin Binafsha rang Saralashdan oʻtolmadi (DNQ) Oq Keyingi bosqichga chiqdi (Q) Bo‘sh joy Ishtirokdan voz kechdi (WD) Ishtirok etmadi (boʻsh yacheyka)
Izohlar
Manbalar
Havolalar Official website
Turkum:2024-yildan buyon muntazam oʻtkazib kelinayotgan sport musobaqalari Turkum:Freestyle Chess Grand Slam Tour