Busan IPark FC () — Janubiy Koreyaning Busan shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, mamlakat futbol piramidasining ikkinchi pogʻonasi hisoblangan K Liga 2 da ishtirok etadi. Klub uy uchrashuvlarini Busan Gudeok stadionida oʻtkazadi.
Busan IPark 1979-yilning noyabr oyida „Saehan Motors“ kompaniyasi tomonidan yarim professional jamoa sifatida tashkil etilgan. Klub K Liganing beshta asoschi aʼzolaridan biri boʻlib, 1983-yildan to 2015-yilda ilk bor quyi ligaga tushib ketguniga qadar birinchi divizionda uzluksiz qatnashib kelgan. Dastlab, klub unga egalik qilgan va moliyalashtirgan avtomobilsozlik kompaniyasi sharafiga „Daewoo Royals“ deb nomlangan. 2000-yillarning boshidan buyon „Busan“ „HDC Group“ va uning „IPARK“ nomli turar joy majmualari brendidan moliyaviy koʻmak olib keladi va avval „Pusan i.cons“, keyinroq esa „Busan IPark“ nomi ostida rebrending qilgan.
Futbolchilar Joriy tarkib
Manbalar
Havolalar
Turkum:Janubiy Koreya futbol klublari Turkum:1979-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:AFC Osiyo Chempionlar Ligasida gʻolib chiqqan klublar