Ikkinchi Xitoy–Yaponiya urushi 1937–1945-yillar oraligʻida Xitoy Respublikasi va Yaponiya imperiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan. U 1931-yilda Manchuriyada boshlangan mahalliy urush davridan keyin yuzaga kelgan. Bu urush Ikkinchi jahon urushining bir qismi hisoblanadi va koʻpincha Osiyoda Ikkinchi jahon urushining boshlanishi sifatida qaraladi. U 20-asrdagi eng yirik Osiyo urushi boʻlgan. Xitoy Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasida u Yapon tajovuziga qarshi qarshilik urushi nomi bilan tanilgan.

1931-yil 18-sentyabrda yaponlar Manchuriyaga bostirib kirish va qoʻgʻirchoq davlat Manchukuoni tuzishni oqlash maqsadida Mukden hodisasi deb atalgan soxta bayroq ostidagi voqeani uyushtirdi. Baʼzan bu voqea urushning boshlanishi sifatida ham qaraladi. 1931-yildan 1937-yilgacha Xitoy va Yaponiya oʻrtasida bir necha, jumladan Shanxayda va Shimoliy Xitoyda toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan. Millatchilar va Xitoy Kommunistik partiyasi kuchlari, mos ravishda Chiang Kai-shek va Mao Zedong boshchiligida, 1927-yildan beri Xitoy fuqarolar urushida oʻzaro jang qilib kelayotgan edi. 1933-yil oxirlarida Chiang Kai-shek kommunistlarni yakson qilish maqsadida ularni qurshovga oldi va natijada kommunistlar orqaga chekinishga majbur boʻlishdi. Bu jarayon Uzoq yurish deb nom olgan va unda 90 foiz kommunist halok boʻldi. Yaponlarning keng koʻlamli bosqini yaqinlashayotganiga qaramay, Chiang birlashgan front tuzishdan bosh tortdi. Nihoyat, 1936-yil oxirida oʻz safdoshlari uni uy qamogʻiga olib, yapon bosqiniga qarshi kurashish uchun Ikkinchi Birlashgan frontni tuzishga majbur qildi.

Toʻliq miqyosdagi urush 1937-yil 7-iyulda Pekin yaqinidagi Marco Polo ko‘prigi hodisasi bilan boshlandi. Bu voqea Yaponiya tomonidan Xitoyning qolgan hududlariga toʻliq bosqin boshlanishiga sabab boʻldi. 1937-yilda yaponlar poytaxt Nanjingni egallab, Nanjing qirgʻinini sodir etdi. 1938-yilda yaponlar oʻsha paytda Xitoyning amaldagi poytaxti boʻlgan Wuhanni bosib olganidan soʻng, Millatchi hukumat mamlakat ichkarisidagi Chongqing shahriga koʻchib oʻtdi. Xitoy–Sovet tajovuz qilmaslik pakti imzolanganidan keyin, Sovet Ittifoqining yordami Milliy inqilobiy armiya va havo kuchlarini mustahkamladi. 1939-yilga kelib, Changshadagi xitoyliklarning gʻalabalari va yaponlarning aloqa liniyalari mamlakat ichkarisiga choʻzilib ketgani tufayli urush turgʻunlik bosqichiga yetdi. Yaponlar Shaanxidagi kommunistik partiya kuchlarini magʻlub eta olmadilar, chunki Xitoy kommunistlari sabotaj va partizan urushi olib bordi. 1939-yil noyabrda millatchi qoʻshinlar yirik qishki hujumni boshladilar, 1940-yil avgustida esa Xitoy kommunistik partiyasi kuchlari markaziy Xitoyda „Yuzta polk hujumi“ni amalga oshirdilar. 1941-yil aprelida esa Sovet–Yaponiya betaraflik pakti tuzilishi bilan Sovet yordamining oqimi toʻxtatildi.

1941-yil dekabr oyida Yaponiya kutilmaganda Pearl Harborga hujum uyushtirdi va AQShga qarshi urush eʼlon qildi. Shundan soʻng AQSh Lend-Lease toʻgʻrisidagi qonun asosida Xitoyga yordamni kuchaytirdi va uning asosiy moliyaviy hamda harbiy homiysiga aylandi. Birma yoʻli uzilib qolganidan keyin, AQSh harbiy-havo kuchlari yordam materiallarini Himolay togʻlari orqali havodan tashib oʻtkazdi. 1944-yilda Yaponiya „Ichi-Go operatsiyasi“ deb nomlangan keng koʻlamli hujumni, yaʼni Xenan va Changsha viloyatlariga bostirib kirishni boshladi. 1945-yilda Xitoy ekspeditsiya kuchlari Birmada oʻz yurishini davom ettirib, Hindistonni Xitoy bilan bogʻlovchi Ledo yoʻlini toʻliq yakunladilar. Shu yili Xitoy Janubiy Xitoyda yirik qarshi hujumlar boshladi, Gʻarbiy Hunanga qilingan yapon hujumini qaytardi va Guangxidagi yaponlar egallab turgan hududlarni qaytarib oldi.

Yaponiya 1945-yil 2-sentyabrda rasmiy ravishda taslim boʻldi. Bu Hiroshima va Nagasaki shaharlariga atom bombalari tashlanganidan, Sovet Ittifoqi urush eʼlon qilganidan va uning Manchukuo hamda Koreyaga bostirib kirishidansoʻng sodir boʻldi. Urush natijasida taxminan 20 million kishi, asosan xitoylik tinch aholi halok boʻldi. Xitoy Ikkinchi jahon urushidagi „Katta toʻrtlik“ ittifoqchi davlatlardan biri sifatida tan olindi va BMT asoschilari hisoblangan „Toʻrt politsiyachi“ davlatdan biri boʻldi. Natijada Xitoy oʻzining yoʻqotilgan barcha hududlarini qayta tikladi va BMT Xavfsizlik kengashining beshta doimiy aʼzosidan biri boʻlib qoldi. 1946-yilda Xitoy fuqarolar urushi qayta boshlandi va 1949-yilda kommunistlarning gʻalabasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining eʼlon qilinishi bilan yakunlandi. Shu bilan birga, Xitoy Respublikasi hukumati Tayvanga koʻchib oʻtdi. Manbalar

Adabiyotlar

Bayly, C. A., and T. N. Harper. Forgotten Armies: The Fall of British Asia, 1941–1945. Cambridge, MA: Belknap Press of Harvard University Press, 2005. xxxiii, 555p. . Bayly, C. A., T. N. Harper. Forgotten Wars: Freedom and Revolution in Southeast Asia. Cambridge, MA: Belknap Press of Harvard University Press, 2007. xxx, 674p. . Benesch, Oleg. „Castles and the Militarisation of Urban Society in Imperial Japan“, Transactions of the Royal Historical Society, Vol. 28 (Dec. 2018), pp. 107–134. Buss, Claude A. War And Diplomacy in Eastern Asia (1941) 570pp online free

Gordon, David M. „The China–Japan War, 1931–1945“ Journal of Military History (January 2006). v. 70#1, pp, 137–82. Historiographical overview of major books from the 1970s through 2006 Guo Rugui, editor-in-chief Huang Yuzhang,中国抗日战争正面战场作战记 Chinaʼs Anti-Japanese War Combat Operations (Jiangsu Peopleʼs Publishing House, 2005) . On line in Chinese: 中国抗战正向战场作战记

. Reprinted : Abingdon, Oxon; New York: Routledge, 2015. Chapters on military, economic, diplomatic aspects of the war.

Annalee Jacoby and Theodore H. White, Thunder out of China, New York: William Sloane Associates, 1946. Critical account of Chiangʻs government by Time magazine reporters.  – Book about the Chinese and Mongolians who fought for the Japanese during the war.

Lary, Diana and Stephen R. Mackinnon, eds. The Scars of War: The Impact of Warfare on Modern China. Vancouver: UBC Press, 2001. 210p. .

MacKinnon, Stephen R., Diana Lary and Ezra F. Vogel, eds. China at War: Regions of China, 1937–1945. Stanford University Press, 2007. xviii, 380p. .  – Book about the Chinese from Canada as well as Americans who fought against Japan in the Second World War. Macri, Franco David. Clash of Empires in South China: The Allied Nations' Proxy War with Japan, 1935–1941 (2015) online

Peattie, Mark. Edward Drea, and Hans van de Ven, eds. The Battle for China: Essays on the Military History of the Sino-Japanese War of 1937–1945 (Stanford University Press, 2011); 614 pages Quigley, Harold S. Far Eastern War 1937 1941 (1942) online free Steiner, Zara. „Thunder from the East: The Sino-Japanese Conflict and the European Powers, 1933=1938“: in Steiner, The Triumph of the Dark: European International History 1933–1939 (2011) pp 474–551.

Van de Ven, Hans, Diana Lary, Stephen MacKinnon, eds. Negotiating Chinaʼs Destiny in World War II (Stanford University Press, 2014) 336 pp. online review

Issue 40 of China, a collection of pamphlets. Original from Pennsylvania State University. Digitized 15 September 2009

Havolalar

Biographical Dictionary of Occupied China Full text of the Chinese declaration of war against Japan on Wikisource „CBI Theater of Operations“ – IBIBLIO World War II: China Burma India Links to selected documents, photos, maps, and books.

Annals of the Flying Tigers Perry–Castañeda Library Map Collection, China 1:250,000, Series L500, U. S. Army Map Service, 1954– . Topographic Maps of China during the Second World War. Perry–Castañeda Library Map Collection Manchuria 1:250,000, Series L542, U. S. Army Map Service, 1950– . Topographic Maps of Manchuria during the Second World War. Multi-year project seeks to expand research by promoting cooperation among scholars and institutions in China, Japan, the United States, and other nations. Includes extensive bibliographies. Photographs of the war from a Presbyterian mission near Canton „The Route South“

Turkum:Ikkinchi Xitoy–Yaponiya urushi