Bahia federal universiteti (, UFBA) – Salvador shahrida joylashgan davlat universiteti. U Bahia shtatidagi eng yirik universitet hisoblanadi.
Talabalar bu yerda taʼlim olish uchun kontrakt toʻlamaydilar, chunki universitet davlat tasarrufidadir. Universitetga kirish uchun ular har yili oʻtkaziladigan ENEM (Milliy oʻrta maktab imtihoni) testidan oʻtishlari kerak.
Tarixi Universitet 1946-yil 8-aprelda 9155-sonli Farmon-qonun bilan tashkil etilgan. Dastlab Federal Bahia universiteti Tibbiyot maktabi va unga aloqador maktablar – Stomatologiya va Farmatsiya, shuningdek Falsafa, Iqtisodiyot, Huquq maktablari hamda Politexnika maktabi asosida shakllangan. Universitetning amalda ochilishi 1946-yil 2-iyulda boʻlib oʻtgan, bu tadbir mamlakatdagi eng qadimiy oliy taʼlim maskani – Iso Masih ziyoratgohi qoshidagi tibbiyot maktabida bo‘lib oʻtgan.
Oradan toʻrt yil oʻtib, universitet federal maqomga ega boʻlgan. 1950-yil 4-dekabrda hukumat 2234-sonli qonunni qabul qilib, Federal oliy taʼlim tizimini yoʻlga qoʻydi. Shundan beri universitet Bahia Federal universiteti deb ataladi. Bahia shtatida oliy taʼlim tarixi 1808-yildan boshlanadi. Oʻsha yili portugaliya qirollik qaroriga binoan mamlakatdagi birinchi tibbiy taʼlim maskani – Bahia tibbiyot maktabi tashkil etilgan. Keyinchalik unga quyidagilar qoʻshilgan: Farmatsiya maktabi (1832), Tasviriy sanʼat maktabi (1877), Huquq maktabi (1891), Politexnika maktabi (1897), Iqtisodiyot maktabi (1905), Falsafa, fanlar va adabiyot maktabi (1943), Kutubxonachilik maktabi (1942). Bularning barchasi 1946-yildan boshlab universitet tarkibiga fakultet sifatida kiritilgan.
Talabalar hayoti Universitetda 57 ta bakalavriat, 82 ta magistratura va 100 dan ortiq aspirantura dasturlari mavjud. UFBA Braziliyadagi eng qadimgi universitetlardan biri boʻlib, uning kampuslari Bahia poytaxti Salvador shahri va janubi-gʻarbda, Vitória da Conquista shahrida joylashganUFBA courses and history.
2008-yilda universitetda uchta kampus faoliyat koʻrsatgan. Bir oʻrin uchun oʻrtacha talabgorlar soni 6,2 nafarni tashkil qilganUFBA statistics (in English, Portuguese, Spanish) . UFBAning hamkorlik shartnomalari 32 ta mamlakat bilan tuzilgan (jumladan AQSh, Shvetsiya, Argentina, Janubiy Afrika, Yangi Zelandiya va boshqalar)Cooperation Agreements – UFBA .
Taniqli bitiruvchilari Gilberto Gil – musiqachi Milton Santos – geograf Wagner Moura – aktyor Ananda Nahu – rassom Caetano Veloso – musiqachi Raul Seixas – musiqachi Julio Licinio – psixiatr va olim Carlos Marighella – siyosatchi Jean Wyllys – siyosatchi Norberto Odebrecht – muhandis Jaqueline Goés de Jesus – olim Eliana Calmon – Braziliya Oliy Adliya sudining (STJ) birinchi ayol aʼzosi Ana Rita Santiago – akademik va yozuvchi
Manbalar
Havolalar
UFBA Events APP
Turkum:Braziliyaning federal universitetlari