2021-yilgi FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati finali – Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilgan 2021-yilgi FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining final uchrashuvi. Bu FIFA tomonidan tashkil etilgan, olti qitʼa konfederatsiyasi chempionlari hamda mezbon mamlakatning milliy chempioni ishtirok etadigan musobaqaning 18-finali hisoblanadi.
Final uchrashuvi UEFA Chempionlar ligasi amaldagi gʻolibi sifatida Yevropa sharafini himoya qilgan Angliyaning „Chelsea“ klubi hamda Copa Libertadores chempioni sifatida CONMEBOL sharafini himoya qilgan Braziliyaning „Palmeiras“ klubi oʻrtasida boʻlib oʻtdi.
Oʻyin 2022-yil 12-fevral kuni Abu-Dabidagi Muhammad Bin Zayed stadionida oʻtkazildi. Musobaqa dastlab 2021-yil oxirida Yaponiyada oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi taʼsiri tufayli 2022-yil fevral oyida Birlashgan Arab Amirliklariga koʻchirildi.
„Chelsea“ qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida ilk bor FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibiga aylandi.
Jamoalar JamoaKonfedratsiyaTurnirga yoʻllanma olganAvvalgi Jahon chempionatidagi ishtirok(Qalin bilan keltirilgan yillarda gʻolib chiqishgan) ChelseaUEFA2020–21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻoliblariFCWC: 1 (2012) PalmeirasCONMEBOL2021-yilgi Copa Libertadores gʻolibiIC: 1 (1999)
Izoh: 2017-yil 27-oktabrda FIFA Rasmiy ravishda 1960–2004-yillarda oʻtkazilgan Qitʼalararo kubok gʻoliblarini ham FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻoliblari bilan teng maqomda tan oldi. IC: Qitʼalararo kubok (1960–2004) FCWC: FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati finallari (2000, 2005–hozirgacha)
Oʻyin
Tafsilotlar
GK 16 Édouard MendyCB 4 Andreas Christensen CB 6 Thiago SilvaCB 2 Antonio RüdigerRM 28 César Azpilicueta (c)CM 7 N'Golo KantéCM 8 Mateo Kovačić LM 20 Callum Hudson-Odoi RF 19 Mason Mount CF 9 Romelu Lukaku LF 29 Kai Havertz Zaxira:GK 1 Kepa ArrizabalagaGK 13 Marcus BettinelliDF 3 Marcos AlonsoDF 14 Trevoh ChalobahDF 31 Malang Sarr MF 5 JorginhoMF 17 Saúl MF 18 Ross BarkleyMF 22 Hakim Ziyech MF 23 KenedyFW 10 Christian Pulisic FW 11 Timo Werner Murabbiy: Thomas Tuchel GK 21 WevertonRB 2 Marcos Rocha CB 15 Gustavo Gómez (c)CB 13 Luan LB 22 Joaquín PiquerezCM 28 DaniloCM 8 Zé Rafael RW 7 Dudu AM 23 Raphael Veiga LW 14 Gustavo ScarpaCF 10 Rony Zaxira:GK 31 MateusGK 42 Marcelo LombaDF 4 Benjamín KuscevicDF 6 JorgeDF 12 MaykeDF 26 Murilo CerqueiraMF 20 Eduard Atuesta MF 30 Jailson FW 11 Wesley FW 16 Deyverson FW 19 Breno LopesFW 29 Rafael Navarro Murabbiy: Abel Ferreira
{| style="width:100%; font-size:90%" |
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: Antonio Rüdiger (Chelsea)
Qanot hakamlari: Anton Shchetinin (Avstraliya) Ashley Beecham (Avstraliya) Toʻrtinchi hakam: Mustapha Ghorbal (Jazoir) Zaxira qanot hakami: Abdelhak Etchiali (Jazoir) Video assistant referee: Massimiliano Irrati (Italiya) Yordamchi Video assistant referees: Nicolás Gallo (Kolumbiya) Mokrane Gourari (Jazoir) Ammar Al-Jeneibi (Birlashgan Arab Amirliklari) |style="width:60%; vertical-align:top;"| Oʻyin qoidalari 90 daqiqa asosiy vaqt. Zarurat tugʻilganda 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt. Hisob teng boʻlsa, penaltilar seriyasi. Maksimal oʻn ikki nafar zaxira oʻyinchi nomi kiritilishi mumkin. Maksimal besh marta almashtirishga ruxsat etiladi, qoʻshimcha vaqtda oltinchi almashtirishga ruxsat beriladi.
Manbalar
Turkum:Chelsea F.C. oʻyinlari Turkum:SE Palmeiras oʻyinlari Turkum:2021-yilda futbol Turkum:FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionati finallari