Martina Kuenz (1994-yil 1-noyabrda tugʻilgan) – avstriyalik erkin kurashchi. 2018-yil Budapeshtda oʻtkazilgan erkin kurash boʻyicha Jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 72 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, kurash boʻyicha Yevropa chempionatlarining toʻrt karra sovrindori.
2010-yilda Kuenz Singapurda boʻlib oʻtgan Yozgi Oʻsmirlar Olimpiada oʻyinlarida erkin kurash sport turi boʻyicha qizlar oʻrtasida 70 kg vazn toifasida ishtirok etgan. Sportchi ushbu musobaqa 5-oʻrinni egallagan. 2013-yilda Gruziyaning Tbilisi shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 67 kg vazn toifasida qatnashgan, biroq birinchi bahsdayoq magʻlub boʻlib, musobaqadan chiqib ketgan.
Manbalar