Al-Abbos ibn al-Hasan al-Jarjaraiy () 904-yil oktyabridan to 908-yil 16-dekabrda qatl etilgunga qadar Abbosiylar davlatining yuksak martabali amaldori va vaziri lavozimida xizmat qilgan.

Nisbasidan koʻrinib turganidek, Bagʻdod janubidagi Jarjaraya mavzesidan boʻlgan. Oʻz faoliyatini al-Qosim ibn Ubaydullohning shaxsiy kotibi vazifasidan boshlagan. 904-yil oktyabrda al-Qosim vafot etishidan avvalroq oʻz oʻrniga Abbos yoki jarrohiy Ali ibn Iso tavsiya etgan edi. Ali ibn Iso bu taklifni rad etgach, xalifa al-Muktafiy () Abbosni ushbu lavozimga tayinladi. Abbosning lavozimda boʻlgan davri Banu al-Furot bilan yaqin ittifoqchilik orqali ajralib turadi. Bu ittifoqchilik natijasida Banu al-Furotning rahbari Abulhasan Ali uning bosh yordamchisi va tayinlangan vorisi boʻlib qoldi.

908-yilda al-Muktafiy vafot etgach, Abbos va yuqori martabali amaldorlarga xalifaning vorisi masalasini hal qilish vazifasi yuklatildi. Nihoyat, Abbos Abulhasan Alining maslahatiga quloq soldi. Abulhasan Ali boshqarish oson boʻlgan zaif hukmdorni tanlashni tavsiya etgan edi. Shunday qilib, al-Muktafiyning 13 yoshli ukasi Ja’far tanlab olinib, al-Muqtadir () nomi bilan xalifalik qildi. 908-yil dekabrda Jarrohiylar va Hamdoniy Al-Husayn ibn Hamdon boshchiligida saroyda isyon koʻtarildi. Isyonchilar xalifaning oʻrniga ancha yetuk va tajribali amakisi Abdulloh ibn al-Mu’tazzni oʻtqazishni maqsad qilgan edilar. Qoʻzgʻolon oxir-oqibat magʻlubiyatga uchragan boʻlsa-da, qoʻzgʻolonchilar Abbosni oʻldirishga muvaffaq boʻlishdi. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:9-asrda tugʻilganlar Turkum:908-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi vazirlari Turkum:Suiqasd natijasida oʻldirilgan vazirlar Turkum:Abbosiylar xalifaligining 10-asr kishilari