Nahovand jangi (; ), shuningdek, Nihovand yoki Nahavand deb ham ataladi, 642-yilda xalifa Umar boshchiligidagi Roshidun musulmon qoʻshinlari hamda shoh Yazdigerd III boshchiligidagi Sosoniy qoʻshinlari oʻrtasida kechgan jang. Yazdigard jangdan soʻng Marv hududiga qochib ketishga muvaffaq boʻldi, biroq boshqa kuchliroq qoʻshin toʻplay olmadi. Bu jang Roshidun xalifaligi uchun yirik gʻalabaga aylandi va natijada, forslar Nihovand atrofidagi shaharlarni, shu jumladan, Spahanni (Isfaxon) boy berdilar.
Sosoniylarning sobiq viloyatlari Parfiya va Eftaliy zodagonlari bilan ittifoq tuzib, ular bilan birgalikda Kaspiy dengizi janubidagi mintaqada qariyb bir asr davomida qarshilik koʻrsatib kelgan. Bu orada hukmronlik Roshidun xalifaligidan Umaviylar xalifaligiga oʻtgan boʻlsa-da, ushbu mintaqada Sosoniylar saroy urf-odatlari, zardushtiylik dini va fors tilida soʻzlashuv saqlanib qoldi.
Manbalar
Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar