Meskiana jangi () – 698-yilda Shimoliy Afrikada Hasan ibn an-Noʻmon boshchiligidagi Umaviylar hamda qirolicha Dihyaning qoʻshinlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang.
Tarixchi Ibn Izoriyning yozishicha, Hasan ibn an-Noʻmon Karfagenni vayron qilganidan keyin butun Afrikadagi eng qudratli yetakchi kim ekanligini soʻragan. Unga barcha berberlar boʻysunadigan qirolicha Dihya ekanligini va agar Hasan qirolichani magʻlub etsa, butun Magʻribni boʻysundirishi mumkinligi aytishgan.
698-yilda Hasan ibn an-Noʻmon Auresni egallashga harakat qilib koʻrgan, ammo qirolicha Dihyaning qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uchratilib, Liviya tomon chekinishga majbur boʻlganPrésence berbère et nostalgie païenne: dans la littérature maghrébine de langue française Mohammed-Saâd Zemmouri Le Club du Livre. Umaviylar qoʻshini katta yoʻqotishlarga uchragan va bir qancha arab askarlari asirga olingan. Ushbu gʻalabadan soʻng, qirolicha Dihya besh yil davomida butun Magʻribning mutlaq hukmdoriga aylangan.
Manbalar
Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar