Orif ogʻa masjidi () – Turkiyaning Adirna shahri markazida joylashgan masjid. XV asrda Orif ogʻa tomonidan qurilgan.

Orif ogʻa masjidi xalq orasida Künbed masjidi nomi bilan mashhur. Toʻrtburchak reja asosida kesilgan toshdan qurilgan masjid janubdan shimolga tomon nishab yerda joylashgan. Minorasi gʻarbiy burchakda joylashgan. 1992-yilda viloyat vaqflar boshqarmasi tomonidan taʼmirlangan masjid 1993-yilda yana namoz oʻqish uchun ochib berilgan.

Manbalar

Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar Turkum:Adirnadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar