Sokollu Mehmed posho masjidi () – XVI asrga oid Usmoniylar masjidi. Turkiyaning shimoli-gʻarbidagi Kırklareli viloyati Lüleburgaz shahrida joylashgan.

Masjid Sadr vazir Sokollu Mehmed posho (faoliyati: 1565–1579) tomonidan qurdirilgan, masjid loyihasi imperiya meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan ishlab chiqilgan. Bino 1565 hamda 1569–1570-yillarda qurilgan boʻlib, madrasa, hospis va karvonsaroyni oʻz ichiga olgan katta majmuaning bir qismini tashkil qiladi. Ushbu majmua Usmoniylar imperiyasi davrida Istanbuldan Bolqon mintaqasiga olib boruvchi muhim savdo yo'li yoqasida joylashgani sababli, karvonlar va yo'lovchilar uchun asosiy to'xtash va dam olish maskani vazifasini o'tagan.Freely, John. A History of Ottoman Architecture. WIT Press, 2011. 84-bet.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Sokollu Mehmet posho Külliyesi , Archnet

Turkum:Turkiyadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar