Oyatulloh Sayyid Muso Shubayriy Zanjoniy (Persian 1928-yil 2-martda tugʻilgan) – Eronlik oʻn ikki shia Marjaʼsi.
Biografiya Qum shahrida Sayyid Ahmad Shubayriy Zanjoniy oilasida dunyoga kelgan.
Qum seminariyasida Sayyid Husayn Burujirdiy va Muhaqqaq Damad, shuningdek, Najaf seminariyasida Sayyid Abu al-Qosim al-Xoiy, Sayyid Muhsin al-Hakim va Sayyid Abd al-Hadiy Sheroziy qoʻl ostida tahsil olgan.
Hozirda Zanjoniy Qum shahrida istiqomat qiladi va shu erdagi seminariyalarda dars beradi. Hadis roviylarining ishonchliligi toʻgʻrisida sahih va samarali hukm chiqarishga qaratilgan Ilm ar-Rijol fanining yetakchi mutaxassisidir. Fotima Maʼsuma ziyoratgohida namozga boshchilik qiladi.
Shogirdlari: Sayyid Muhammad-Kozim at-Tabatabaiy, Sayyid Abd al-Hadiy al-Mas’udiy va Sayyid Odil al-Alaviy.
Manbalar
Turkum:Musaviylar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1928-yilda tug‘ilganlar