thumb|Abu Zayd chiqargan tangasi Zayd Abu Zayd (boshqa nomi - Suvayd Abu Zayd) (1195-1265/1270-yillarda yashagan) Valensiyaning oxirgi Muvahhid hokimi boʻlgan.

Abu Zaydning amakisi Abu Abdulloh Muhammad Valensiya hokimi lavozimini egalladi. Muvahhid xalifasi Yoqub al-Mansur vafot etgach, sulolaviy kurash tufayli u toʻliq muxtoriyatga ega boʻlgan. Dushmanlar tomonidan 1225-yilda magʻlubyatga uchragach oʻzini Aragon qiroli Jeyms I ning vakili deb eʼlon qilishga qaror qilgan. 1227-yilda Qurtuba va Ishbiliyyaning sobiq hokimi Idris al-Maʼmunni qonuniy Muvahhid xalifasi deb tan oldi. Ikki yil oʻtgach, Valensiya Tayfasidan (Balansiyya) Zayyan ibn Mardanish tomonidan quvib chiqarilgan. U Aragonga qochib ketdi va u erda Jeyms tomonidan Valensiyaning musulmon hududiga bostirib kirish huquqini qoʻlga kiritgan.

Abu Zayd Jeyms I ning sodiq ittifoqchisi hisoblandgan va 1236-yilda u nasroniylikni qabul qilgan. Ismini Visent Bellvisga oʻzgartirdi, Valensiyani nasroniy kuchlari tomonidan zabt etilgunga qadar buni sir tutgan. U katolik sifatida suvda choʻmildi va Martin Roldan va uning rafiqasi Mariya Lopes de Lunaning qizi Isabella Roldan bilan turmush qurdi. Belvis familyasini olib oilaning avlodiga aylandi. Rafiqasi Isabella Roldan va uning Fernando ismli oʻgʻli boʻlgan. Xristian qirolining himoyasi ostida u oʻlimidan keyin oʻgʻli Fernandoga meros boʻlib qolgan Syerra-de-Espadanning bir nechta joylarida senyorlik qilgan.

Manbalari

Turkum:1195-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxsiyatlar