Murodiya masjidi () – Turkiyaning janubi-gʻarbiy qismidagi Manisa shahrida joylashgan XVI asrga oid Usmoniylar masjidi. Sulton Murod III buyrug'iga binoan imperiya meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan ishlab chiqilgan.
Tarixi Manisadagi Murodiya masjidi 1583–1586-yillar oraligʻida Usmoniylar imperiyasi sultoni Murod III uchun qurilgan. 1571-yilda shahzoda Murod Manisa hokimi boʻlib xizmat qilgan paytda shu yerda avval qurilgan kichik masjid oʻrnida bunyod etilgan. Sulton masjidi Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan, biroq meʼmor Mahmud Xalife, soʻngra 1586-yil yanvar oyidan boshlab Istanbuldagi Ahmadiya masjidi loyihasini ishlab chiqqan meʼmor Sedefkar Mehmed ogʻa tomonidan qurilgan. Sopol qoplamalar bilan birga baʼzi toshlar ham poytaxtdan yuborilgan rassomlar jamoasi tomonidan bezatilgan. 1584-yilda sulton Venetsiyadan 150 ta Murano moyli lampalarini buyurtma qildirgan va ular aynan Murodiya masjidi uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin. Masjidga tutash madrasa va mehmonlar uyi 1590-yildan keyin qurib bitkazilgan. Masjid qurilishi yakuniga yetganidan soʻng meʼmor Sinon ham, sulton Murod ham u yerga tashrif buyurmagan.
Meʼmorchiligi Masjid qumtoshdan qurilgan, markaziy qismi bitta gumbaz bilan, namozxona esa uchta yarim gumbazlar bilan qoplagan. Ayvon beshta kichikroq gumbaz bilan yopilgan, bundan tashqari ikkita minoralari ham mavjud boʻlib, ularning har biri bittadan balkonli qilib qurilgan. Masjidning ichki qismi Iznik koshinlari bilan bezatilgan. Masjid madrasa (islom maktabi) va imorat (umumiy xayriya oshxonasi)dan iborat kattaroq majmua (külliye) tarkibiga kiradi. Tarixiy Manisa shahrining katta qismi 1922-yilda yunon armiyasining shaharni tark etishi chogʻida vayron qilingan, Murodiya masjidi esa shaharda saqlanib qolgan kam sonli yodgorliklardan hisoblanadi. Imorat hozirda Manisa muzeyiga aylantirilgan.
Galereya
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Muradiye Kulliyesi, Manisa, Turkiya , Archnet Dick Osseman tomonidan olingan masjid fotosuratlari
Turkum:Manisadagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi Usmoniylar masjidlari