Miyan Tufayl Muhammad (1914-yil aprel – 2009-yil 25-iyun) Pokistonlik diniy yetakchi, huquqshunos, islom ilohiyotchisi, sobiq bosh kotib va „Jamoat-al-Islomi Pokiston“ partiyasining amiriJamaat leader Mian Tufail Mohammad passes away Dawn (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017Mian Tufail Mohammad passes away The Nation (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017.

Hayoti va faoliyati

U Britaniya Hindistoning Panjob viloyatidagi Kapurthala shahrida Arainlar oilasida tugʻilgan. Maktab va kollejni Lahorda bitirgan. Keyin Miyan Tufayl Muhammad Jamoat-al-Islomi Hind ning faol aʼzosiga aylandi. Mavlono Naim Siddiqiy kabi u ham Abul Ala Maʼdudiy bilan yaqin hamkorlik qilganMian Tufail Mohammad passes away The Nation (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017.

Demokratik namoyishlar

1965-yilda Ayubxonga qarshi qoʻshma muxolifat tashkil qilindi. Miyan Tufayl Muhammad uning markaziy rahbarlaridan biri edi. Birlashgan muxolifat partiyalari koalitsiyasining boshqa rahbarlari bilan birga Miyan Tufayl ham Sharqiy Pokiston, ham Gʻarbiy Pokiston boʻylab ommaviy ogohlikni oshirish va kuchli milliy demokratik harakatni tashkil qilishga uringan1965 Presidential Election in Pakistan storyofpakistan.com website, Retrieved 18 November 2017Mian Tufail Mohammad passes away The Nation (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017.

Kitoblari

Miyan Tufayl Muhammad Abul Ala Maʼdudiy va Amin Ahsan Islahiy bilan birgalikda quyidagi kitoblarni yozgan:

Kashful Mahjub: Urdu tilidagi sharhMian Tufail Mohammad passes away The Nation (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017 Daʼvat-al-Islomi va uning talablari (urdu) Vafoti

2009-yil 7-iyun kuni Miyan Tufayl Muhammad miyaga qon quyilishi tashxisi bilan Pokistonning Lahor shahridagi Shayx Zayd shifoxonasiga yotqizilgan. 2 haftadan ortiq vaqt komada boʻlganidan soʻng, 2009-yil 25-iyun kuni 95 yoshida vafot etdi. Uning sakkiz qiz va toʻrt oʻgʻli bor ediMian Tufail Mohammad passes away The Nation (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017Jamaat leader Mian Tufail Mohammad passes away Dawn (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017.

Manbalar