Abu Savr () – Huesca voliysi, musulmon zodagon. Ehtimol Banu Salama urug‘idan edi. Boshqa bir taxminga koʻra, u al-andaluslik nasabshunos Ibn Hazm tomonidan tilga olingan Abu Savr ibn Qosiy boʻlishi mumkin. Bu shaxs qudratli Muvallad Banu Qosiy qabilasining asoschisi Qosiyning oʻgʻli boʻlgan.

Paderbornning imperator majlisida u Barselona voliysi Sulaymon al-Arabiy va Saragosa voliysi Husayn bilan birgalikda Andalusda Abbosiylar hokimiyatini tiklash maqsadida amir Abdurahmonga qarshi yangi qoʻzgʻolon uyushtirishda harbiy yordam olish evaziga oʻz hududlarini Buyul Karlga taklif qildi. Buyuk Karl qoʻshin bilan yurish qilib, 778-yilda Barselona va Vashkani egalladi. Biroq Husayn vaʼdasidan qaytdi va Saragosaga muvaffaqiyatsiz hujumdan soʻng, ittifoq franklar chekinishi hamda Ronsevoda magʻlubiyatga uchrashi bilan yakun topdi.

790-yilda Abu Savr taqvodor Lui bilan ittifoq tuzishni taklif qildi GEA, Abu Tawr . Manbalar

Turkum:Hijoz Turkum:8-asr arab shaxslari