Al-Kasiriy () – Arabiston yarim orolining janubiy qismida yashovchi kuchli taʼsirga ega qirollik oilasi. Yaman va Ummonning sharqiy qismidagi Hazramavt shahri Banu Hamdon qabilasining eng katta oilalaridan biri. Oila vakillari, shuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Somali, Keniya va Tanzaniya kabi Sharqiy Afrika mamlakatlarida hamda Eronning Xuziston viloyatida ham yashaydi. Al-Kasiriy oilasi ikkita qabilaga boʻlingan boʻlib, ularning biri Banu Hamdon va ikkinchisi esa Tayy qabilasidan kelib chiqqan Banu Lom hisoblanadi. Banu Lom guruhi Najd (Shimoliy Saudiya Arabistoni), Quvayt va Iroqda istiqomat qiladi va al-Kasron (), al-Mugʻira (), al-Fazul () va az-Zafir () boʻlimlariga boʻlinadi.
Qabilaning yashash joylari Al-Kasiriy Yaman, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Qatarning bir qancha mintaqalarida istiqomat qiladi. Ular, sosan, Yamanning Hazramavt va Mahara viloyatlarida, Ummonning Dofar viloyatida yashaydi. Qabila vakillari Janubi-Sharqiy Osiyo va Sharqiy Afrikada ham mavjudAlbargi, Hassan Abdullah. Al Kathiri lineages.
Yana qarang Arabistondagi qabilalar
Manbalar
Turkum:Arabistondagi qabilalar Turkum:Yaman qabilalari