Koreya musulmonlar federatsiyasi (KMF; ) 1967-yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan musulmon tashkiloti. KMF Koreya musulmon talabalari uyushmasi va Koreya Islom madaniyati institutini nazorat qiladi. Federatsiya Qur’on taʼlimini beruvchi madrasalarni ham qoʻllab-quvvatlaydi va nazorat qiladi.

Tarixi Tashkilot 1966-yilda tashkil topgan va 1967-yilda Koreya Madaniyat va axborot vazirligi tomonidan yuridik shaxs sifatida roʻyxatga olingan.

Faoliyati Tashkilotning asosiy maqsadi koreys musulmonlarining diniy va jamoat ishlarini boshqarish, xayriya va targʻibot ishlari bilan shugʻullanishdir. Tashkilot yirik shaharlarda missionerlik markazlarini tashkil etish, mavjud masjidlarni rivojlantirish, imom-xatiblarni tayyorlash bilan shugʻullanadi. Shuningdek, Koreya musulmonlari yoki jamoatchiligi uchun Islom dini va uning faoliyati haqida maʼlumotlar taqdim etadi.

Yana qarang

Koreyada Islom Xristian Liberal partiyasi Manbalar

Havolalar

Turkum:Janubiy Koreyada islom