Inson metapnevmovirusi (hMPV) – Paramiksoviruslar oilasiga mansub virus hisoblanib, insonlarda, ayniqsa bolalar va immuniteti zaif odamlarda nafas olish yoʻllari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Xitoyda ushbu virusga kasallanish bilan ilk holat 2024-yil 16-dekabr kuni kuzatildi. 2025-yil yanvar oyiga kelib, kasallanish holatlari keskin oshib bormoqda va mamlakat sogʻliqni saqlash tizimiga bosim oʻtkazmoqda. Dunyoning oʻnga yaqin mamlakatlarida ushbu virus bilan kasallanish qayd etilmoqda.
Oʻzbekistonda yanvar oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonalar ushbu virusga chalingan bolalar bilan toʻlib ketganligi haqidagi har xil videoroliklar tarqala boshladi. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika pediatriya markazi metapnevmovirus bilan kasallangan bolalar bilan toʻlgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Alomatlar hMPV belgilari COVID-19 va gripp kabi boshqa nafas yoʻli bilan bogʻliq infeksiyalarga oʻxshaydi. Eng keng tarqalgan alomatlarga quyidagilar kiradi: Yoʻtal Burun oqishi Isitma Nafas qisishi Bosh ogʻrigʻi Tomoq ogʻrigʻi Charchash Baʼzi bemorlarda pnevmoniya va surunkali nafas olish kasalliklarining kuchayishi kabi asoratlar paydo boʻlishi mumkin
Manbalar
Turkum:Epidemiya