Jane Mallory Birkin (; 1946-yil 14-dekabr – 2023-yil 16-iyul) – britaniyalik-fransuz aktrisasi va qoʻshiqchisi. Birkin aktrisa sifatida, asosan fransuz kinosida sermahsul karyeraga ega edi.
Londonda tugʻilgan Birkin aktrisa sifatida karyerasini boshlagan boʻlib, Mikelanjelo Antonionining "Blowup" (1966) va "Kaleydoskop" (1966) filmlarida kichik rollarda qatnashgan. 1968-yilda "Slogan" filmida Serge Gainsbourg bilan birga suratga tushayotganda tanishgan, bu esa ularning koʻp yillik shaxsiy munosabatlarining boshlanishiga asos boʻlgan. Keyinchalik juftlik 1969-yilda "Jane Birkin/Serge Gainsbourg" nomli debyut albomini chiqarishgan shuningdek Birkin 1976-yilda Gainsbourg rejissyorligidagi "Je tʼaime moi non plus" filmida ham rol ijro etgan. Jane Birkin asosan Fransiyada faoliyat yuritgan va u yerda yirik yulduzga aylangan, aktrisa baʼzida ingliz tilidagi filmlarda ham qatnashgan. Bular orasida Agatha Christie qalamiga mansub "Death on the Nile" (1978) va "Evil Under the Sun" (1982) asarlari asosida suratga olingan filmlar, shuningdek, James Ivoryning "A Soldier’s Daughter Never Cries" (1998) kabi filmlar kiradi.
Birkin 1960-yillarning oxiridan boshlab asosan Fransiyada yashab, Fransiya fuqaroligini qoʻlga kiritgan. U birinchi eri John Barry bilan fotograf Kate Barryning, Serge Gainsbourg bilan aktrisa va qoʻshiqchi Charlotte Gainsbourgning hamda Jacques Doillon bilan musiqachi Lou Doillonning onasi hisoblanadi. Aktrisa oʻz ismini Hermèsga oʻz ismini Birkin qoʻl sumkalarida foydalanish huquqini bergan.
1980-yilda Gainsbourg bilan ajralgandan soʻng, Birkin ham aktrisa, ham qoʻshiqchi sifatida faoliyatini davom ettirdi. U turli xil filmlarda ishtirok etdi va koʻplab yakkaxon albomlar yozdi. 2016-yilda Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan "La femme et le TGV" qisqa metrajli filmida bosh rolni ijro etdi va bu uning oxirgi kino roli sifatida tarixda qoldi.
Yana qarang Birkin qoʻl sumkasi Serge Gainsbourg diskografiyasi
Manbalar
Havolalar
Official website (archived, 9 February 2019)
CNN interview with Jane Birkin
Turkum:20-asr ingliz aktrisalari Turkum:21-asr ingliz aktrisalari Turkum:Fransiyadagi ingliz muhojirlari Turkum:Ingliz kino aktrisalari Turkum:Londonlik aktrisalar Turkum:Marylebone odamlari Turkum:Westminster shahridan qo‘shiqchilar Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Fransiyaning mahalliylashtirilgan fuqarolari Turkum:Buyuk Britaniyaning fransuz tilida kuylovchi qo‘shiqchilari Turkum:Britaniya Imperiyasi ordeni ofitserlari Turkum:Ingliz ayol pop qo‘shiqchilari