Matheus França de Oliveira (2004-yil 1-aprel) – braziliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Crystal Palace klubida hujumkor yarim himoyachi hamda hujumchi pozitsiyalarida oʻynaydi.
Karyerasi Yoshlik yillari França Olaria jamoasining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Keyinchalik 12 yoshida Flamengo klubiga koʻchib oʻtadi. Flamengo yoshlar akademiyasida u Lázaro va Vinisius Juniorlar bilan bir qatorda klubning eng iqtidorli futbolchilari qatorida eʼtirof etilgan.
Flamengo França professional futboldagi debyutini Flamengo jamoasining 2021-yilning 6-dekabrida Marakana stadionida boʻlib oʻtgan Santos klubiga qarshi uchrashuvida oʻtkazgan. Futbolchi 78-daqiqada Éverton Ribeironing oʻrniga zaxiradan maydonga tushirilgan. Françaning tovon puli shartnomada 200 million yevro etib belgilandi.
2022-yilning 25-yanvarida Flamengo França bilan shartnomasini 2027-yilning 30-apreliga qadar uzaytirdi. 2023-yilning 23-fevralida esa futbolchi 2028-yilning 31-dekabrigacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Crystal Palace 2023-yilning 1-avgustida França 20 million yevro va qoʻshimcha 5 million yeveolik bonuslar evaziga Angliya Premyer-ligasining Crystal Palace klubi safiga koʻchib oʻtdi va besh mavsumga moʻljallangan shartnoma imzoladi. Futbolchi 21-oktyabr kuni Newcastle United jamaosiga qarshi bahsda klub safidagi debyutini oʻtkazdi.
França ilk bor 4-yanvar kuni Angliya kubogining uchinchi bosqichi doirasidagi Everton jamaosi bilan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 24-fevral kuni u Burnley klubiga qarshi oʻyinda (3:0) Jordan Ayew] goliga assistentlik qildi va klub safidagi ilk golda istiroki boʻldi. Bundan tashqari ushbu oʻyinda u penalti ishlab oldi va Jean-Philippe Mateta ushbu imkoniyatni ham golga aylantirdihttps://www.bbc.co.uk/sport/football/68324370.
Statistikasi
+KlubMavsumLigaMilliy ligalarMahalliy kuboklarMintaqaviyBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarFlamengo2021Série A10————102022174311021—236202391121203120283Umumiy275152305220529Crystal Palace U-212023–2024————2020Crystal Palace2023–2024Angliya Premyer-ligasi100—20——120Umumiy375152505240669
Manbalar
Havolalar Profile at the Crystal Palace F.C. website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:CR Flamengo futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar