2021-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield) – tarixdagi 99-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. 2021-yilgi final bahsi 7-avgust sanasida London shahridagi Wembley stadionida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 2020-2021-yilgi mavsum Premyer-liga chempioni „Manchester City“ hamda Angliya kubogi sohibi „Leicester City“ klublari toʻqnash keldi. Bu „Shaharliklar“ning 2019-yilda „Liverpool“ni penaltilar seriyasida 5:4 hisobida magʻlub etganidan buyon FA Community Shielddagi ilk oʻyini edi. „Leicester City“ jamoasi esa soʻnggi bor 2016-yili finalda ishtirok etgan boʻlib „Manchester United“ jamoasiga imkoniyatni boy berishgan edi. Bu yilgi final oʻyinda Kelechi Iheanachoning yagona goli klubiga chempionlikni taqdim edi.
„Arsenal“ turnirning amaldagi chempioni edi, biroq klubning Angliya kubogi va Premyer-ligada ham omadi yurishmaganligi sababli bu mavsumdagi bahsda ishtirok eta olmadi. Oʻyin Buyuk Britaniyaning ITV telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirda namoyish etildi. Bu turnirning 2012-yilgi finaldan buyon ilk marotaba jonli efirda namoyish etilishi edi.
Tarixi „Leicester City“ finalda „Chelsea“ni 1:0 hisobida magʻlub etib, Angliya kubogidagi ilk chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu ularning Community Shield doirasidagi uchinchi oʻyini boʻlib, jamoa ularning bittasida gʻalaba qozongan (1971), bittasida esa magʻlubiyatga boʻlgan edi (2016).
„Manchester City“ 2021-yil 11-may kuni Old Traffordda kechgan oʻyinda azaliy raqiblari „Manchester United“ „Leicester City“ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng Pep Gvardiola boshqaruvida toʻrt yil ichida uchinchi Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu yili klub superkubokda oʻzining 13-oʻyinida maydonga tushdi. Ulardan oltitasida (1937, 1968, 1972, 2012, 2018, 2019) ularning qoʻlib baland kelgan boʻlsa va yana oltitasida (1934, 1956, 1969, 1973, 2011, 2014) raqiblarining qoʻli baland kelgan.
Tafsilotlar
GK 1 Kasper Schmeichel (c)RB 21 Ricardo PereiraCB 18 Daniel AmarteyCB 4 Çağlar SöyüncüLB 5 Ryan Bertrand CM 8 Youri Tielemans CM 25 Wilfred NdidiRW 17 Ayoze Pérez AM 10 James Maddison LW 7 Harvey Barnes CF 9 Jamie Vardy Substitutes:GK 12 Danny WardDF 16 Filip BenkovićDF 33 Luke Thomas MF 11 Marc Albrighton MF 20 Hamza ChoudhuryMF 22 Kiernan Dewsbury-Hall MF 42 Boubakary Soumaré FW 14 Kelechi Iheanacho FW 29 Patson Daka Manager: Brendan Rodgers GK 13 Zack SteffenRB 27 João CanceloCB 3 Rúben DiasCB 6 Nathan AkéLB 22 Benjamin MendyCM 80 Cole Palmer CM 25 Fernandinho (c)CM 8 İlkay Gündoğan RF 26 Riyad MahrezCF 21 Ferran Torres LF 53 Samuel Edozie Substitutes:GK 33 Scott CarsonDF 34 Philippe SandlerDF 39 Yan CoutoMF 10 Jack Grealish MF 16 Rodri MF 20 Bernardo Silva MF 69 Tommy DoyleMF 81 Claudio GomesMF 96 Ben Knight Manager: Pep Guardiola
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: Kelechi Iheanacho (Leicester City)
Yordamchi hakamlar: Ian Hussin (Liverpool) Neil Davies (London) Toʻrtinchi hakam Peter Bankes (Liverpool) Zaxira yordamchi hakam: Nick Hopton (Derbyshire) Video assistent referi: Darren England (Sheffield & Hallamshire) Yordamchi Video assistent referi: Dan Robathan (Norfolk)Oʻyin qoidalari 90 daqiqa Penaltilar seriyasi agar durrang qayd etilsa Toʻqqiz zaxira futbolchisi, oltitasi maydonga tushirilishi mumkin
Manbalar
Turkum:FA Community Shield Turkum:Manchester City F.C. oʻyinlari Turkum:Wembley stadionida oʻtgan sport musobaqalari Turkum:Leicester City F.C. oʻyinlari