Asiahn Bryant (1987-yil 24-noyabr) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va dublyaj aktrisa sifatida ijod qilgan. 2021-yildan boshlab Netflix streaming platformasi uchun ishlangan Karmaning dunyosi filmidagi vokal ijrolarni amalga oshirdi.
Yoshligi Asiahn Bryant Nyu-Jersining Paterson shahrida tugʻilgan va chaqaloqligida oilasi bilan Shimoliy Karolina shtatining Sharlotte shahariga koʻchib oʻtgan. U ota-onasining ajrashishi va ukasining oʻlimidan tushkunlikka tushib qolib oʻzini ovutishga shahardan chiqib ketishga harakat qilgan. Keyinchalik u onasi va singlisi bilan Hanahan shahriga koʻchib oʻtdi. U Hanahan oʻrta maktabida oʻqigan. Asiahn boʻsh vaqtining koʻp qismini oʻz isteʼdodi ustida ishlash maqsadida Atlantaga sayohat qiladi. Brayant lesbiyan edi.
Musiqiy faoliyati Asiahn Brayant musiqiy faoliyatinining dastlabki yillarida Kreyg King bilan uchrashdi va Artists and repertuire A&R Jeyms Bennett bilan uning badiiy rivojlanishi ustida ishladi. U bir necha yil oʻtib gastrol safarini boshladi va Ludacris,T.I, Kanye West va Erykah Badu uchun musiqa yaratdi. 2010-2011-yillarda u Quincy Jones fon vokalida qatnashgan. 2011-yilda Asiyan Brayant oʻzining asosiy musiqiy faoliyatini Universal Music Group nashriyoti bilan shartnoma imzolashdi va oʻzining kengaytirilgan debyut pyesasi bilan boshladi. Oʻsha yilning 7-iyunida (EP) albomi Analog Girl X Digital Worldva Motown rekord yorligʻlari ostida chiqdi. 2013-yilda Asiahn Miley Cyrusning Bangerz albomidagi „Hands in the Air“ qoʻshigʻi muallifi boʻlgan. 2014-yilda Jennifer Lopesning „Booty“ va „Girls“ musiqalarini yaratgan. 2015-yilda Asiahn Brayant The Game bilan ishlagan va uning Compton (albom) va The Documentary 2.5 albomlari uchun musiqa yaratgan. U Ludakrisning Ludaversal' albomida vokal ijrosida ishtirok etdi. 2016-yilda u ikkita Fox Broadcasting musiqiy drama teleserialida musiqa ustida ishlagan, dastlab Ne-Yo bilan Imperiyaseriali uchun soundtrack muallifi sifatida hamkorlik qilgan. Keyingi yil esa Imperiyaserialining ikkinchi fasli uchun, soʻngra Yulduz seriallari uchun ham mualliflik qoʻshiqlarini yaratgan. 2017-yilda Brayant oʻzining Kardiak tomonidan hamkorlikda ishlab chiqarilgan „Sevgi poezdi“ nomli ikkinchi EP albomini chiqardi. Brayant va Kardiak 2019-yilda chiqarilgan „Love Train 2“ seriali soundtracki ustida birgalikda ishlashni davom ettirdilar. 2021-yil 11-yanvarda Asiahn SinceThe80s va Motown tomonidan chiqarilgan „The Interlude EP“ albomini chiqardi. Unda grossmeyster Vik va Jordan Xokinsning ham chiqishlari bor edi. RaI nashr etilgandan soʻng, Asiahn „Billboard“ jurnali uchun Emerging Artists Spotlightda birinchi marta chiqish qildi.
Musiqiy boʻlmagan faoliyati 2021-yilning oʻrtalaridan boshlab u oʻz musiqasi bilan bir qatorda, Ludakris (uning ovozini oʻzi taqdim etadi) tomonidan yaratilgan „Karmaning dunyosi“ Netflix animatsion musiqiy serialida Karma Grant uchun vokal ijrolarini namoyish qila boshladi. Ikkalasi ham qoʻshiq ustida ishlagan. Soundtrack albomida tasvirlangan, shu bilan birga, Asiahnning oʻzi ushbu albomning qolgan yozuvlari, jumladan, YouTubeda oʻzining musiqiy videosi boʻlgan musiqalar va tasvirlar ustida ishlagan „Karmaʼs World“ saundtrek albomi The80s yoki Motown tomonidan chiqarilmagan, albomning haqiqiy egasi yaʼni Asiahn tomonidan chiqarilgan yagona albomi. Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar