Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa () — italiyalik yozuvchi Paola Peretti tomonidan yozilgan asar. Kitob 20 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Syujeti Toʻqqiz yoshli Mafalda ismli qizaloq ota-onasi bilan baxtli hayot kechirayotgan bir paytda, kutilmaganda, „Stargardt“ kasalligi bilan xastalanadi. Bu kasallik koʻz nurining pasayishi bilan bogʻliq. Mafaldaga butun atrofini xuddi, qora bulut qoplagadek tuyiladi. Shifokor huzuriga borgach, 6 oydan soʻng koʻrish qobliyatini tamoman yoʻqotishi haqida baxtsiz xabarni eshitadi. U qolgan hayotini butunlay qorongʻulikda oʻtkazishini oʻylab, qoʻrquvga tushadi. Mafalda maktabdagi eng yaqin doʻsti, Estellaning taklifi bilan „Amalga oshirishni xohlagan maqsadlarim“ nomli kundalik daftariga „Eng yoqtirgan narsalarim roʻyxati“ degan yangi toʻplam ham qoʻshishga qaror qiladi. Mafaldaning eng sevgan ishi maktabidagi olcha daraxtiga tirmashib chiqish edi. 6 oydan soʻng, butunlay koʻrolmasligini va boshqa olcha daraxtiga xuddi, hozirgidek tirmashib chiqa olmasligini oʻylab, olcha daraxtining ostida yashashni rejalashtiradi. Chunki, Mafalda yaqinda vafot etgan buvisining ruhi shu daraxtda yashashiga ishonardi. Daraxtda yashash uchun barcha kerakli narsalarini hozirlaydi. Borgan sari uning koʻrish qobliyati pasayadi. Mafaldaning oilasi shifokor bilan suhbatlashib, qizlari uchun sokin muhitli bir yer topishga qaror qilishadi va koʻchish uchun tayyorgarlik koʻrishadi. Mafalda bundan xabar topgach, uydan qochishni istaydi. Olcha daraxtining yoniga boradi va dadasi uni topib, uyiga olib boradi.
Mavzu Asar kichik yoshda boʻlishiga qaramay, kuchli boʻlgan qiz hayoti haqida hikoya qiladi. Kitobning bizga beradigan asosiy xulosasi shundan iboratki, biz har qanday vaziyatda oilamiz beradigan koʻmakka muhtojmiz. Ularning bizga koʻrsatadigan yordami orqali biz oʻzimizni yanada baxtli va erkin his qilamiz. Shuning uchun ham asar soʻngida Mafalda yana oilasining yoniga qaytadi. Muallif asarni mashhur bir iqtibos bilan yakunlagan: „Barcha bolalar qorongʻulikdan qoʻrqadi“. Darhaqiqat, ota-onalar farzandlarini qorongʻulikdan yorugʻlikka olib chiqa oladigan insonlardir.
Qahramonlar Mafalda — koʻrish qobliyatini yoʻqotgan qiz (bosh qahramon)
Filippo — Mafaldaning sevgilisi
Estella — Mafaldaning eng yaqin doʻsti
Shifokor Olga — Mafaldaning shifokori
Ottimo Turcaret — Mafaldaning mushugi
Manbalar
Turkum:Jahon adabiyoti Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar Turkum:Romanlar