Sydney Cecil Newman (1-aprel 1917-yil - 30-oktabr 1997-yil) Kanadalik kino va televideniya prodyuseri. 1950-yillarning oxiridan 1960-yil oxirlarigacha Britaniya televideniyesidagi dramalarda kashshoflik rolini oʻynagan. 1970-yilda Kanadadan qaytganidan keyin Kanadaning Radio va Televizion Komissiyasi uchun dasturlar boʻlimi direktori vazifasida ishlagan. Keyinchalik Kanadaning Milliy kino kengashiga rahbarlik qilgan. U Kanada Filmlarni rivojlantirishda va Kanada Telekoʻrsatuv Korporatsiyasida ham yuqori lavozimlarni egallagan. Davlat kotibi maslahatchisi sifatida ham faoliyat yuritgan.
1950-1960-yillarda Britaniyada birinchi navbatda ABC Weekend TV kanali bilan hamkorlikda ishladi. 1962-yilda BBCga oʻtishdan oldin, ikkala tashkilotda ham drama boshqaruvchisi rolida ishlagan. Karyerasi davomida u The Avengers maxsus fantastik seriyasi va Doctor Who seriyasiga mualliflik qilgan. Shu bilan birga Armschair Theatre va The Wednesday Play kabi ijtimoiy realist drama seriyalarini ishlab chiqarishida nazoratchi bo’lgan.
Broadcast Communications muzeyi tomonidan Newman "Britaniya televideniyasi dramalarining rivojlanishida eng muhim agent” deb tavsiflangan.. The Guardian gazetasi uning oʻlim xulosasi bo’yicha uning oʻlimi nafaqat bir davrning oxiri, balki butun xalq san'ati falsafasining oxiri edi deb xulosa qilgan.
Kvebekda u NFB komisariysi sifatida Kanada rejissyorlarining hissiy filmlarini siyosiy jihatdan tarqatishni taqiqlash qarori bilan mashhur bo’lgan .
Manbalar
Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:1917-yilda tugʻilganlar