Haritat III (nabotiy tilida Haritat; miloddan avvalgi 85—62/60-yillar) – hozirgi Iordaniya hududidagi Nabotiylar davlati (Nabotiya yoki Nabateya) hukmdori. Damashq shahri va Suriya janubini egallab, Nabotiylar davlati hududini kengaytirishga harakat qilgan. Hukmronligining soʻnggi davrida Rim bilan kurashadi va Rimning vassaliga aylanadiHasanov A. Qadimgi Arabiston va ilk islom: I kitob. Johiliya asri. – Toshkent: „Toshkent islom universiteti“, 2001. 100–102–betlar..

Hukmronlikning boshlanishi Manbalardagi maʼlumotlarning aniq va yetarli emasligi tufayli Nabotiylar davlati podshohlari va ularning hukmronlik yillari haqida maʼlumotlar kam. Miloddan avvalgi 87—86-yillar nabotiylarga Obodat (Ubayda) І ning oʻgʻli Rabil ІІ podsho boʻlgan boʻlishi mumkin. Uning vafotidan soʻng miloddan avvalgi 85-yilda Haritat ІІІ taxtga oʻtiradi. Hukmronlikning dastlabki davri Haritat III otasi Obodat І siyosatini birmuncha muvaffaqiyatli davom ettirgan. Haritat III Petradan Eylatga boradigan yoʻlda Avaru shahriga asos soldiAli. Tarix al–Arab. j. III. 30–bet.. Shu paytda Demetriy III ning ukasi Antiox Dionisiy Iudeyani kesib oʻtib, nabotiylar bilan urushajagi maʼlum boʻlib qoldi. Salavkiylar Aleksandr Yannay qurdirgan toʻsiqlarni yakson qilib, Nabotiyaga bostirib kirdilar. Ammo urush uzoq davom etmadi. Antiox Kana qishlogʻi yaqinida yuz bergan jangda halok boʻldi va Haritat III qoʻshini gʻalaba qozondi. Bu voqea vaziyatni batamom oʻzgartirib yubordi. Bu voqeadan keyin Damashqqa yoʻl ochiladi va Haritat ІІІ Damashq shahrini va Suriyaning bir qismini ishgʻol qildiNofiʼ, Tarix al–Arab. 87–bet.. Endi Nabotiylar davlati yemirilayotgan Iudeyani janubdan va sharqdan oʻrab olgandi. Iudeyadagi ichki nizolardan xabardor boʻlgan Haritat ІІІ uni bosib oldi. Miloddan avvalgi 82-yilda Xadida degan joyda yuz bergan toʻqnashuvda Iudeya qoʻshini tor-mor boʻldi va Aleksandr Yannay sulh tuzishdan boshqa iloj topa olmadi. Iudeya uchun ogʻir shartlarda sulh tuzilgach, Haritat III oʻz qoʻshini bilan ortga qaytib ketdi. Ammo keyinchalik Aleksandr Yannay Suriyaning janubi va Oʻrta yer dengizining janubi-sharqiy qirgʻoqlari ustidan hokimiyatini tiklab oldi hamda Haritat III tomonidan bosib olingan barcha yerlarni butunlay qaytarib oldi. Iudeya ichki ishlariga aralashishi Odatda, Iudeyadan qochgan siyosiy arboblar Nabotiyada panoh topardilar. Aleksandr Yannay, soʻng uning rafiqasi Aleksandra vafot qilishgach, ularning ikki oʻgʻli oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlanadi. Iudeya har xil siyosiy guruhlarga boʻlinib ketadi. Ularning ichida eng koʻzga koʻringani – Girkan boshliq „fariseylar“ va Aristobul boshliq „saddukeylar“ guruhlari edi. Aristobul yollangan qoʻshinlarga tayanib, akasi Girkanni taxtdan qulatdi. Girkan yordam soʻrab, doʻsti Antipaterni Petraga Haritat III qarorgohiga joʻnatadi. Yordam evaziga Girkan otasi Aleksandr Yannay bosib olgan 12 shaharni Nabotiylarga qaytib berishni vaʼda qiladi. Haritat ІІІ bu taklifni qabul qilib, Iudeyaga juda katta qoʻshin (50 ming kishilik) tortadi. Aristobul oʻz tarafdorlaridan ayrilib, yakka qolgach, Quddusga qochadi. Haritat III nabotiy-yahudiy birlashgan qoʻshini boshida miloddan avvalgi 65-yilning bahorida Quddusni qamalga oldi. Ertami-kechmi Quddus taslim boʻlishi muqarrar boʻlib turgan bir paytda voqealar jarayoni yana batamom oʻzgarib ketdiHasanov A. Qadimgi Arabiston va ilk islom: I kitob. Johiliya asri. – Toshkent: „Toshkent islom universiteti“, 2001. 101–bet.. Rim bilan aloqalar Rim imperatori Gney Pompey Suriya va Damashqni ishgʻol qildi, uning qoʻli ostidagi qoʻmondonlardan biri Skavr esa Falastinga bostirib kirgandi. Rimliklar Aristobul tomonini oldilar. Rimliklar Haritat III dan zudlik bilan Quddus qamalini toʻxtatish, butun qoʻshini bilan darhol ketishini talab qiladi. Haritat III Girkan bilan birga chekindi. Fursatdan foydangan Aristobul, Skavr qoʻshinlarining madadida nabotiylarni taʼqib qilib, Papiron degan joyda gʻalaba qozondi. Shundan soʻng Skavr Damashqqa qaytib ketdi. Miloddan avvalgi 64-yilda Suriya Rim imperiyasining provinsiyasiga aylanishi Nabotiylar davlatining siyosiy ahvolini keskin yomonlashtirdi. Skavr Nabotiylar davlati poytaxti Petra shahriga hujum qildi, ammo shaharni egallay olmadi. Qirgʻinni toʻxtatish uchun Antipater ikki tomon oʻrtasida vositachilik qildi. Natijada sulh tuzilib, Haritat III oʻlpon toʻladi va Nabotiylar davlati ustidan Rim imperiyasi vasiyligini tan oldiHasanov A. Qadimgi Arabiston va ilk islom: I kitob. Johiliya asri. – Toshkent: „Toshkent islom universiteti“, 2001. 101–102–betlar.. Voris muammosi Haritat III miloddan avvalgi 62—60-yillar orasida vafot etgan. Uning vafotidan keyin mavjudligi toʻliq isbotlanmagan Obodat II (Ubayda)dan keyin taxtga oʻtirgan boʻlishi mumkin. Agar Obodat II mavjud boʻlmagan boʻlsa, undan keyin taxtga Maliku I oʻtiradiHasanov A. Qadimgi Arabiston va ilk islom: I kitob. Johiliya asri. – Toshkent: „Toshkent islom universiteti“, 2001. 102–bet..

Manbalar

Turkum:Hukmdorlar Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Nabateya hukmdorlari Turkum:Qadimgi davr hukmdorlari Turkum:Iordaniya tarixi Turkum:Miloddan avvalgi I asrda hukmronlik qilganlar Turkum:Shohlar