„Ovoz“ („The voice of Uzbekistan“) – oʻzbekcha koʻngilochar vokal isteʼdodlari musiqiy loyihasi. Bu musiqiy loyiha niderlandiyalik prodyuser John de Mol tomonidan yoʻlga qilingan „The Voice“ televizion vokal tanlovi formatining oʻzbekcha talqini. 2024-yil 20-apreldan „Yoshlar “ telekanalida efirga uzatila boshlandi.

Tarixi „Ovoz“ musiqiy loyihasi „The Voice“ loyihasining rasmiy franshizasi boʻlib, 2024-yil 16-martda „Yoshlar “ telekanalida uning taqdimot marosimi oʻtkazildi. Shu kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston shu teleloyihani namoyish etish huquqini olgan dunyodagi 76-mamlakat ekanligi aytildi. Marosimda „Ovoz“ musiqiy loyihasining ilk murabbiylari sifatida Farruh Zokirov, Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov va Ozodbek Nazarbekov tanishtirildi.

Eʼtirozlar “Uyimni sotib bo‘lsa ham beraman” — Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” loyihasiga sarflangan 2 mlrd so‘m uchun malomat qilmaslikni so‘radi. Mazkur loyihaga Oʻzbekiston byudjetidan 2 milliard so‘m mablag‘ sarflangan va bu muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Anjumanda Ozodbek Nazarbekov agar jamoatchilik sarflangan mablag‘ga e’tiroz bildirayotgan bo‘lsa, pulni o‘z yonidan qaytarib to‘lashga roziligini aytib o‘tdi:Bir narsani tushuninglar, bugungi kunda O‘zbekistonni nufuzini ko‘tarishga “Ovoz” loyihasi ham xizmat qiladi. Agar shuning uchun 2 milliard so‘m sarflash jinoyat bo‘lsa, men bunga roziman. Butun dunyoda yagona musiqiy shou mana shu loyiha bo‘lib turibdi va 76 ta davlatda namoyish etiladi. Sarflangan 2 milliard so‘mga malomat qilaversanglar, shu pulni hozir uyimni sotib bo‘lsa ham beraman.

Mavsum natijalari MavsumYil1-o'rin2-o'rin3-o'rin4-o'rinG'olib ustozBoshlovchi123412024Shohruxmirzo GaniyevUmida QozoqboyevaAnna GurjiyevaZafar GofurovSevara NazarxonMirshakar FayzulloyevUlug'bek Rahmatullayev Tohir SodiqovSevara NazarxonFarruh Zokirov 2 2026 colspan="5" Keyin e'lon qilinadi

Ovoz Bolalar

Mavsum Yil 1-o'rin 2-o'rin 3-o'rin G'olib ustoz Boshlovchilar 1 2 3 1 2025 Qodirjon Valijonov Sevara Narzullayeva Yasmina Xusniddinova Botir Qodirov Mirshakar Fayzullayev Khusnora Shadieva Ulug'bek Rahmatullayev Sevara Nazarxon Botir Qodirov

Ovoz 50+ Mavsum Yil 1-o'rin 2-o'rin 3-o'rin G'olib ustoz Presenter 1 2 3 1 2025 O'lmas Olloberganov Guljahon Baizova Zohida Umarova Farruh Zokirov Mirshakar Fayzulloyev DJ Piligrim Kumush Razzoqova Farruh Zokirov

Ovoz O'smirlar

Mavsum Yil 1-o'rin 2-o'rin 3-o'rin G'olib ustoz Boshlovchi 1 2 3 1 2025 Laylo Shaydoxon Zarima Shohruhxon Mirshakar Fayzulloyev Anvar jo‘rayev Kumush Shohruhxon

Manbalar

Tashqi havolalar

Turkum:Musiqiy loyiha Turkum:Oʻzbekiston telekoʻrsatuvlari