Xorioidea, shuningdek, xoroidea yoki xoroid deb ham nomlanadi, koʻzning qon tomirli qatlami hisoblangan tomirli pardaning bir qismidir. U biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan va koʻzning toʻr pardasi va sklera oʻrtasida joylashgan. Inson xoroidi koʻzning eng orqa qismida eng qalin boʻlib (0,2 mm), chekka qismlarda esa 0,1mm gacha ingichkalashadiMRCOphth Sacs questions. Xoroid toʻr pardaning tashqi qatlamlarini kislorod va ozuqa moddalar bilan taʼminlaydi. Kipriksimon tana va kamalak parda bilan birga, xoroid [tomirli parda]]ni hosil qiladi.
Xoroidning tuzilishi odatda toʻrt qatlamga boʻlinadi (toʻr parda tomonga qarab sanab boriladi):
Haller qatlami — kattaroq diametrli qon tomirlaridan tashkil topgan xoroidning eng tashqi qatlamiMRCOphth Sacs questions; Sattler qatlami — oʻrta diametrli qon tomirlari qatlami; Xoroidning kapillyar qatlami va Bruch membranasi (sinonimlari: Lamina bazalis, Complexus bazalis, Lamina vitra) — xoroidning eng ichki qatlami.
Qon taʼminoti Odamlarda koʻzning koʻz arteriyasi (a. ophtalmica)ning tarmogʻi boʻlgan orqa siliar arteriyalardan boshlanuvchi ikki xil qon taʼminoti mavjud: retinal (toʻr pardada) va uveal (tomirli pardada)The Ocular Circulation. Tomirli parda va toʻr pardaning tashqi va oʻrta qatlamlarini taʼminlovchi uveal qon aylanishining arteriyalari koʻz arteriyasining tarmoqlari boʻlib, koʻrish nervidan alohida holda koʻz olmasiga kiradi. Boshqa tomondan, retinal qon aylanishi oʻz tarmogʻini markaziy toʻr parda arteriyasi (a. Centralis retinae)dan, shuningdek, koʻz arteriyasining bir tarmogʻidan oladi, lekin koʻz olmasiga koʻruv nervi bilan birgalikda yoʻnaladi"Sensory Reception: Human Vision: Structure and function of the Human Eye" vol. 27, p. 174 Encyclopædia Britannica, 1987. Ular anastomozlar hosil qilib tugamasdan, soʻnggi arteriolalarga segmentar boʻlinadi. Bu xoroidal qon taʼminotiga taʼsir qiluvchi kasalliklarda klinik ahamiyatga ega. Markaziy koʻrish uchun mas’ul boʻlgan koʻruv dogʻi va koʻruv nervi old qismining qon bilan taʼminlanishi xoroidal qon taʼminotiga bogʻliq. Xoroid tomirlarining tuzilishi optik kogerent tomografiya bilan, qon oqimi esa Indosianin yashil angiyografiyasi va Lazerli Doppler tasviri orqali aniqlanishi mumkinPuyo, Léo, Michel Paques, Mathias Fink, José-Alain Sahel, and Michael Atlan. „Choroidal vasculature imaging with laser Doppler holography.“ Biomedical optics express 10, no. 2 (2019): 995–1012.. left|thumb|400x400px| Xoroidal qon oqimi ICG-angiografiya (Spectralis, Heidelberg) va lazerli Doppler tasviri bilan aniqlanganLéo Puyo, Michel Paques, and Michael Atlan, "Spatio-temporal filtering in laser Doppler holography for retinal blood flow imaging, " Biomed. Opt. Express 11, 3274–3287 (2020).
Tarixi Xoroidni birinchi marta miloddan avvalgi 400-yillarda Demokrit tasvirlab bergan va uni „chitoon malista somphos“ (soʻrib oluvchi qavat) deb ataganDolz-Marco, R., Gallego-Pinazo, R., Dansingani, K. K., & Yannuzzi, L. A. (2017). The history of the choroid. In J. Chhablani & J. Ruiz-Medrano (Eds.), Choroidal Disorders (Vol. 1–5, pp. 1–5). Academic Press. . Demokrit xoroidni hayvonlarning kesilgan koʻzlaridan koʻrgan boʻlishi mumkin, degan taxminlar mavjud.
Demokritdan taxminan 100 yil oʻtgach (miloddan avvalgi 335 — 280 yillar), Gerofilos ham jasadlarning koʻzlarida kesilgan xoroidni tasvirlab berdiReverón, R. (2015). Herophilos, the great anatomist of antiquity. Anatomy, 9(2), 108–111. https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/371071.
Klinik ahamiyati Xoroid qon tomirlar bilan yaxshi taʼminlangani tufayli koʻzda saraton metastazlarining eng koʻp uchraydigan joyidir. Metastazlarning manbai odatda sut bezi saratoni, oʻpka saratoni, oshqozon-ichak saratoni va buyrak saratoni hisoblanadi. Ikki tomonlama xoroid metastazlari odatda sut bezi saratoni bilan bogʻliq, bir tomonlama metastazlar esa oʻpka saratonining tarqalishidan kelib chiqadi. Xoroid metastazlari xoroidning oʻzidan kelib chiqadigan asosiy oʻsimta boʻlgan uveal melanomadan differensial diagnostika qilinishi lozim.
Galereya
Yana qarang
Xorioidit Uveit Tomirli parda Kipriksimon tana Kamalak parda
Manbalar
Turkum:Vizual tizim Turkum:Koʻz Turkum:Oftalmologiya