Dmitro Borisovich Timchuk (; 1972-yil 27-iyun, Chita, RSFSR, SSSR — 2019-yil 19-iyun, Kiyev, Ukraina) — ukrainalik harbiy va siyosiy jurnalist. Ukraina Qurolli kuchlarining zaxiradagi podpolkovnigi. „Axborot qarshiligi“ () guruhi koordinatori, „Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi“ jamoat tashkiloti rahbari, 2008-yildan „Flot-2017“ onlayn nashri bosh muharriri. Xalq frontidan Ukraina Oliy Radasining VIII chaqiriq deputati. Timchukning oʻzi va „Axborot qarshiligi“ guruhi Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi va Ukraina sharqidagi qurolli mojaro haqida tezkor axborot yoritishi, Rossiya va prezident PutinTimchuk umer: vse podrobnosti o gibeli nardepa v Kieve // Obozrevatel, 19.06.2019 haqidagi tanqidiy bayonotlari bilan shuhrat qozongan.
Biografiyasi 1972-yil 27-iyunda Chita shahrida tugʻilgan. Otasi harbiy boʻlgan. Bolaligi Germaniya Demokratik Respublikasida oʻtgan, u yerda otasi 1978-yildan 1983-yilgacha Germaniyadagi Sovet qoʻshinlari guruhida xizmat qilgan. Yoshligi Berdichivda (Jitomir viloyati) oʻtgan. Berdichiv politexnika kollejini tamomlagan. Turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Dmitro Timchuk 1995-yilda Lvov oliy harbiy-siyosiy bilim yurtining harbiy jurnalistika fakultetini tamomlagan. Jitomir viloyati ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Timchuk Lvov oliy harbiy-siyosiy bilim yurtining jurnalistika fakultetida oʻqigan, keyin oʻqishini Kiyevga koʻchirgan va bu yerda havo mudofaasi kuchlari gazetasida, keyin esa Ukraina milliy gvardiyasi bosh qoʻmondonligi va Mudofaa vazirligining turli tarkibiy boʻlinmalarida ishlay boshlagan. Keng tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, 1995—1997-yillarda Timchuk havo mudofaasi kuchlarida xizmat qilgan. 1997-yildan 2000-yilgacha Milliy gvardiya shtabida ishlagan. 2000-yildan 2012-yilgacha Ukraina Mudofaa vazirligining turli tuzilmaviy boʻlinmalarida ishlagan. Ish safarlari davomida Timchuk Iroqdagi (uch marta), Livan va Kosovodagi BMT tinchlikparvar kuchlarining Ukraina kontingentiga tashrif buyurgan.
2014-yilda Ukrainada boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida „Xalq fronti“ partiyasidan VIII chaqiriq Ukraina xalq deputati etib saylangan. 2018-yil 1-noyabrda Ukrainaning 322 fuqarosi, jumladan Dmitro Timchukga nisbatan Rossiyaning shaxsga oid sanksiyalari joriy etiladi.
Oʻlimi 2019-yil 19-iyun kuni Timchukning Kiyevdagi kvartirasida boshidan oʻq jarohati bilan jasadi topiladi. Huquqni muhofaza qilish organlari oʻlimning uchta versiyasini koʻrib chiqmoqda: oʻz joniga qasd qilish, qotillik va qurolga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish. Asosiy versiya oʻz joniga qasd qilish.
Jurnalistikadagi faoliyati 2014-yil 2-martdan Dmitro Timchuk „Axborot qarshiligi“ guruhining koordinatori boʻlgan boʻlib, guruhning vazifasi „Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi“ toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotni olish, qayta ishlash (tekshirish) va tarqatish hamda Rossiyaning axborot taʼsiri qarshi turish hisoblangan. Bu faoliyati tufayli Dmitro Timchuk Ukrainadagi eng mashhur blogerlardan biriga aylanadi. 2014-yil oktyabr holatiga koʻra, Timchuk Facebookda 220 ming obunachiga ega boʻlgan. 2017-yilning iyul oyida obunachilar soni 240 mingdan oshgan. 2016-yil 3-avgustda Ukraina axborot siyosati vazirining sobiq oʻrinbosari Tatyana Popova deputatlar Dmitro Timchuk, Anton Gerashchenko va Andriy Teteruk jurnalistlarga bosim oʻtkazganligini aytadi. Popova Mirotvores veb-sayti faoliyatini saqlab qolish tarafdori ekanligini, lekin saytda jurnalistlar haqidagi maʼlumotlarining chiqarilishiga qatʼiyan rozi emasligini bildiradi. 2016-yilda Dmitro Timchuk Moskva patriarxiyasining Ukraina pravoslav cherkoviga qarshi qaratilgan 4511-sonli qonun loyihasining hammualliflaridan biriga aylanadi. Timchuk cherkovni Ukraina davlatchiligiga qarshi tashviqot bilan shugʻullanganlikda, ularning vakillarini poytaxtning markazidagi Kiyev-Pechersk lavrasida Ukrainaga qarshi adabiyotlarni sotishlikda ayblaydi. Timchukning soʻzlariga koʻra, 2014-yilning bahoridan boshlab Donbassdagi pravoslav cherkovlarida „qurollar tashiydigan va ortadigan bazalar“ yaratilgan. Yana uning soʻziga koʻra, jangarilar uchun shifoxonalar ham bor boʻlib, Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyaparast toʻdalarni boshqargan ruhoniylarni hibsga olgan. Shunigdek, Timchuk qonunchilikning oʻziga xos xususiyatlari tufayli ularning Ukrainaga qarshi har qanday harakatlariga kart-blansh mavjudligi, ularni separatizm uchun javobgarlikka tortish oddiy fuqaro yoki amaldordan koʻra ancha qiyin ekanligi ham bildiradi. 2018-yil oktyabr oyida Konstantinopol patriarxining Ukraina pravoslav cherkoviga tomos (farmon) berish niyati sababli Rus pravoslav cherkovi va Moskva patriarxiyasining Ukraina pravoslav cherkovi hamda Konstantinopol patriarxiyasi oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashganini Timchuk oʻz sahifasida eʼlon qiladi. Yana Facebook ijtimoiy tarmogʻida Rossiya rahbariyatining Ukraina pravoslav cherkovi, Kiyev-Pechersk va Svyatogorsk lavra iyerarxlarini „radikal va qurollangan millatchi jangarilarning“ harakatlaridan jismoniy himoya qilish maqsadida Rossiya maxsus kuchlaridan foydalanish maqsadi haqida maʼlumot berganYak nashі ZMІ ta eksperti obvinuvatili spіvrobіtnika Konstantinopolskoї Patrіarxії, щo nachebto vіn namagavsya „otruїti“ patr. Varfolomіya. 01.09.2018.
Mukofotlari
Mukofot quroli Fort-17 R travmatik toʻpponchasi. III darajali „Jasorat uchun“ ordeni (2019-yil 27-iyun, vafotidan keyin).
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Kiyevda vafot etganlar Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:19-iyunda vafot etganlar Turkum:Chitada tugʻilganlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:27-iyunda tugʻilganlar